Germaniyaning DAAD tashkiloti va Germaniya Tashqi ishlar vazirligi iqtisodiyot va madaniyatshunoslik boʻyicha tahsil olishni istagan nomzodlarni oʻzining Viadrina Fast Track grant dasturida ishtirok etishga taklif etadi. Dastur Yevropaning Viadrina universitetida madaniyatshunoslik va iqtisodiyot kurslarida oʻqish imkonini beradi. Grantni afzallik tarafi, bu grantga hujjat topshirgan nomzodlar Germaniyada bakalavriat kurslarini oʻqish uchun oʻz yurtlarida 1-2 yillik bakalavriat kurslarida oʻqishlari yoki Studientcollegeda 1 yil oʻqishlari shart emas. Dastur endigina maktabni tamomlagan Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari uchun moʻljallangan. Grant quyidagi bakalavriat kurslari talabalariga 1 yil muddatga beriladi:
Международная экономика предприятия (Бакалавр) yoki
Право и экономика | Экономика и право (Бакалавр)
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat bosqichida tahsil olishni istagan talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitetda oʻqish uchun har semestrga 300 yevrodan bir yilga 600 yevro kontrakt toʻlash kerak. Ammo Germaniyada yashash xarajatlari qimmatligini va talaba oyiga taxminan 500-600 yevro sarflashini ham hisobga olish lozim.
Eng yaxshi natija koʻrsatgan talabalarga DAAD tashkiloti 2020-yil oktabrdan 2021-yil sentabrgacha oylik 750 yevro stipendiya toʻlaydi. Umumiy bir yillik toʻlov taxminan 9 000 yevroni tashkil etadi. Bu haqida batafsil: shu yerda tanishing.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Dasturga Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari ariza topshirshlari mumkin (oʻzbekistonliklar ariza bera oladi).
- Nomzod 2020-yil 1-oktabr holatiga kamida 17 yosh boʻlishi kerak.
- Nomzod yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlarga mos sohaga hujjat topshirishi zarur.
- Nomzod 2019 yoki 2020-yil umumiy oʻrta makta (toʻliq, yani 11-sinf)ni tamomlagan boʻlishi kerak.
- Nomzod nemis tilini kamida B2 darajaga bilishi kerak.
- Nomzod madaniyatshunoslik, iqtisod va matematikaga qiziqishi lozim.
- Nemis tilidan B2 daraja sertifikati mavjud boʻlgan nomzodlar 2020-yil iyul-avgust oylarida DSH tayyorlov kurslarida oʻqiydi, 2020-yil sentabrda DSH imtihonini topshiradi. Imtihonni DSH-2 darajada topshirish lozim, shundagina nomzod universitetda oktabrdan oʻqishni boshlaydi.
- Agar nomzod C1 daraja yoki unga tenglashtirilga sertifikat, masalan: DSD-IIning С1 darajasi yoki TDN 4 darajasidagi TestDaF sertifikati boʻlsa, u holda nomzod tayyorlov kurslarida ishtirok etish va imtihon topshirishdan ozod etiladi.
Barcha talablar bilan: shu yerda tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga hujjat topshirish: 2020-yil 13-yanvargacha.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dasturda qatnashish uchun arizani onlayn tarzda portal orqali topshirish kerak.
- Dastlab portalda roʻyxatdan oʻtish kerak. Koʻrsatilgan elektron pochtangizga faollashtirish havolasi koʻrsatilgan email keladi. 24 soat ichida shaxsiy akkauntni faollashtirish kerak.
- Undan soʻng, portaldan kerakli ma’lumotlar bilan yanishib chiqing. Onlayn shaklni toʻldiring va quyidagi hujjatlartni ham tizimga yuklang:
- Motivatsion xat.
- Nemis tili sertifikati.
- CV/resume, tarjimai hol.
- Zagranpasportning birinchi beti nusxasi.
- Fotosurat.
- Tayyor boʻlgan shaklni chop eting va imzo qoʻying. Imzo qoʻyilgan shaklni skaner nusxasini 2020-yil 13-yanvargacha fast-track@europa-uni.de manziliga joʻnating. Imzo qoʻyilmagan shakllar qabul qilinmaydi.
- Taxminiy saralashdan oʻtgan nomzodlarga 2020-yil 3-mart kuniga TestAS imtihonini topshirish uchun xabar joʻnatiladi. Taklif etilgan fanlardan «Гуманитарные, культурологические и общественные дисциплины» (madaniyanshunoslik faniga hujjat topshirayotgan boʻlsangiz) yoki «Экономика» (iqtisodiyotga ariza berayorgan boʻlsangiz)ni tanlash kerak. Test topshirish uchun taxminan 100 yevro pul toʻlash kerak boʻladi.
- TestASni yaxshi topshirgan nomzodlar 2020-yil aprel oyida suhbatga chaqiriladi. Suhbat skype orqali oʻtkazilishi mumkin.
- Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar Viadrina universitetida oʻqishga taklifnoimani qoʻlga kiritadilar. Taklifnomani olishingiz bilan, vizaga hujjat topshirish lozim. Viza rasmiylashtirish uchun moliyaviy holatingizni tasdiqlash kerak boʻladi. Buning uchun, depozitida kamida 10 236 yevro pul bor boʻlgan bank hisob raqami kerak. Universitet esa, talabaga oʻqishning birinchi yili uchun 9 000 yevro stipendiya toʻlashini tasdiqlaydi.
Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot: shu yerda. Grant haqidagi toʻliq maʻlumotni tashkilotchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Bogʻlanish uchun: Sergey Melxer ga +49 335 5534 2865 telefoni yoki fast-track@europa-uni.de elektron manzili orqali murojaat qiling.