×

Malayziya: Talabalar va yosh mutaxassislar uchun xalqaro sammit; xarajatlar toʻliq va qisman qoplanadi; joy – 50tagacha!


Grant

MUHLAT

30.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

3065 marta

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2020-yil 26-29-fevral kunlari tashkil etilayotgan Global Peace Summit Malaysia 2020 xalqaro sammitida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Sammitda yoshlarni tinchlikni saqlash va barqarorlik darajasiga bogʻliq koʻrsatkichlarni muhokama qilish va yechimlar ishlab chiqish imkoniyati mavjud. Bu yilgi Sammitda “Way forward to peaceful & inclusive world and Climate Action for peace” masalalar tahlil qilinadi. Sammitda turli bahslar, nutqlar, seminar va ma’ruzalar boʻladi.

Sammitda 16-35 yoshdagi talabalar va yosh mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

16 dan 30 yoshgacha boʻlgan talabalar va yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sammitda ishtirok etish pulli. Sammitda qatnashish toʻlovi 25 AQSh dollar. Bu summa qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan birga hisoblaganda 26,40 AQSh dollar boʻladi. Qatnashchi shu pulni toʻlaydi.

Sammitda ishtirokni 3ta shaklda moliyalashtirish mumkin:

  1. Fully funded. Bunda tashkilotchi 15 nafar ishtirokchininag xarajatlarini qoplab beradi.
  2. Partial funded. Bunda tashkilotchi 35 nafar qatnashchining xarajatlarini qisman qoplaydi.
  3. Self funded. Bunda ishtirokchi hamma xarakatlarini oʻzi qoplashi kerak boʻladi. Oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan qatnashchilar soni 50 nafargacha boʻlishi mumkin.

Sammitda qatnashishga nomzodi koʻrsatilgan talabgorlar agar yuqorida koʻrsatigan 3 turdan birortasiga ham qabul qilinmasa, ular toʻlagan pul egalariga qaytarib berialdi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod dunyoning istalgan hududidan boʻlishi mumkin.
  2. Nomzodning yoshi 16dan 35 yoshgacha boʻlishi kerak.
  3. Nozmod qatnashish vaqti oʻquvchi, talaba yoki yosh mutaxassis boʻlishi kerak.
  4. Nomzod tinchlik, taraqqiyot, barqarorlik masalalariga qiziqishi va sammit mavzusini tushunishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Sammitda ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish kifoya. Sammitda ishtirok uchun arizalar topshirish muhlati 2020-yil 30-yanvarga qadar.

Natijalar 2020-yil 31-yanvarda e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumotni sammit rasmiy sahifasidan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: globalpeacesummitmalaysia@gmail.com manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!