×

Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamgʻarmasi: Magistratura bosqichlari uchun tanlov; gʻolibning kontrakti, turar joy va sugʻurta xarajatlari toʻlab beriladi!


Grant

MUHLAT

30.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

4043 marta

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish Jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy O‘quv Yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturiga qabul muddatini uzaytirdi. Dastur tanlov asosida o‘tkaziladi, undan so‘ng tanlov g‘oliblari o‘zlarining tanlangan Oliy O‘quv Yurtlarida o‘qish uchun grant sohibi bo‘ladilar.

Joriy yilda o‘zgarishlar amalga kiritildi. Bunga binoan, hozirgi dasturda talabalar O‘zbekiston Madaniyat Vazirligiga bo‘ysinuvchi ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritilmagan universitetlardan ham bu dasturda ishtirok etish uchun ariza berishlari mumkin.

Shuningdek, talabalar magistraturada ta’lim olish uchun grant olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldilar. Dasturning shartlariga muvofiq, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar ishtirok etishlari mumkin:

  • Madaniyat va san’at sohasida menejment
  • Qayta tiklash va saqlash
  • Arxitektura
  • Madaniy sayyohlik
  • Grafik dizayni
  • Tasviriy san’at
  • Muzeyshunoslik

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Gʻoliblarga oʻqish puli toʻlab beriladi.
  2. Turar joy haqi va kundalik xarajatlar uchun pul ajratiladi.
  3. Bir yilda 2 marta aviachipta olib beriladi.
  4. Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Tanlovda 30 yoshgacha boʻlgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
  • Raqobatchilar bir vaqtning oʻzida bir nechta stipendiya dasturlari gʻolibi boʻlishi mumkin emas.
  • Jamgʻarma akademik intizomi buzilgan taqdirda, ta’lim muassasasi akademik koʻrsatkichini buzgan holda, uzrsiz dars qoldirish, ichki qoidalar va universitet qoidalariga rioya qilmaslik, yotoqxonada yashash qoidalarini buzish (agar talaba yotoqxonada yashasa), ta’lim grantini toʻlashni toʻxtatish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Va shuningdek bu holatga tabiiy ofatlar (zilzilalar, yer silkinishlari, boʻronlar, qurgʻoqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush vaqti, import va eksport taqiqlari va hokazo) ham kiradi. Moliyalashtirishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
  • Grant miqdori qabul qiluvchi tashkilotning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
  • Talaba ikki yillik magistrlik dasturiga qabul qilingan taqdirda, Jamgʻarma yozgi ta’til vaqtida, Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari va muassasalarida, amaliyot oʻtash uchun talabalarni jalb qilish huquqiga ega.
  • Grantlar olgan talaba tegishli litsenziya (bakalavr / magistr) olganidan soʻng uch oy davomida Jamgʻarma granti komissiyasi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nazoratidagi madaniyat va san’at muassasalarida ishlaydi. Talaba kamida bir yil ishlashi talab qilinadi.
  • Oʻqish davri davomida talabalar shaxsiy xavfsizligi uchun Jamgʻarma javobgar emas.
  • Jamgʻarma yozgi ta’til vaqtida talaba xarajatlarini (turar joyi, ovqatlanishi, ichki transport) qoplanmaydi.
  • Oʻquv jarayonida (favqulodda vaziyatlar, sogʻliq yomonlashuvi holatlari va boshqalar) rejadan tashqari talaba Oʻzbekistonga qaytib kelganida, aviachipta xarajatlari talaba tomonidan amalga oshiriladi.
  • Grant dasturining gʻoliblari orttirilgan bilimlari va qobiliyatlari bilan oʻrtoqlasha oladigan, yangi gʻoyalar yarata oladigan, ularni amalga oshirish va natijalari uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga oladigan ijodkor kishilar, shuningdek, umumiy fikrga ega insonlar guruhini toʻplashga tayyor boʻlgan va umumiy maqsadga erishishga ahd qilgan shaxslar boʻlishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • Birinchi bosqichda talabalar grant dasturiga saralashda ishtirok etish uchun 2020-yil 30-yanvargacha murojaat qilishlari kerak. Buni shu yer orqali amalga oshirish mumkin. Tegishli hujjatlarni to‘ldirish va taqdim etishning barcha bandlari albatta bajarilishi shart:
  • Nomzod oʻqishga kirgan (xorijiy)oliygohdan kontrakt miqdori koʻrsatigan holda berilgan ma’lumotnoma.
  • Passport nusxasi.
  • Motivatsion xat. Xat 400tagacha soʻz hajmda, 14 kegl Times New Roman shriftida 1,5 intervalda yoziladi.
  • Fond tomonidan oʻrnatilgan tartibda yozilgan ariza.
  • Diplom va diplom ilovasi.

Qoʻshimcha hujjatlar:

  • Til sertifikati (agar boʻlsa).
  • Tavsiyanomalar.
  • Nashr ishlaridan nusxalar.
  • Birinchi bosqichdan o‘tgan nomzodlar tanlovning ikkinchi bosqichida 2020-yil 6-fevralda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi binosida bo‘lib o‘tadigan yuzma yuz suhbatiga taklif qilinadi.

Jarayon ketma-ketligi quyidagicha:

  1. Arizalarni qabul qilish: 2020-yil 30-yanvar.
  2. Birinchi bosqichning talabnomalarini tekshirish: 2020-yil 31-yanvar.
  3. Birinchi bosqichning natijalarni e’lon qilish: 2020-yil 5-fevral.
  4. Yuzma yuz suxbatidan iborat bo‘lgan bosqich: 2020-yil 7-fevral.
  5. Tanlovning yakuniy natijalarini belgilash 2020-yil 10-fevral.
  6. Tanlov g‘oliblarni e’lon qilish: 2020-yil 14-fevral.

Nomzodni saralash mezonlari:

  • ilmiy faoliyat;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari;
  • umumiy ta’lim;
  • analitik ko‘nikmalar;
  • tashkiliy ko‘nikmalar;
  • rivojlanish maqsadi;
  • ijtimoiy faoliyat;
  • tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari va uning mamlakatda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishdagi o‘rnini anglashi.

Murojaat uchun:

Sobirov Azamat

Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamgʻarmasi

Telefon va telegram: 97 706 60 37; 71 207 40 10

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!