×

Germaniya: Huquq boʻyicha yosh mutaxassislar uchun yozgi akademiya; turar joy, yashash va oziq-ovqat, transport, viza, aviachipta, tibbiy sugʻurta xarajatlari toʻliq qoplanadi!


Grant

MUHLAT

07.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1965 marta

Germaniyaning The International Nuremberg Principles Academy navbatdagi Nuremberg Summer Academy for Young Professionals 2020 (Anglophone) dasturi uchun hujjatlar qabulini e’lon qildi.

Dastur ingliz va fransuz tillarida olib boriladi, mazkur hujjatlar qabuli ingliz tilida olib boriladigan yozgi akademiya uchun e’lon qilingan. Yozgi akademiyada sudya, huquqshunos yuristlar, prokuror va akkreditatsiyadan oʻtgan oliygohlarda jinoyat huquq fanlaridan dars beradigan oʻqituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Yozgi akademiya 2020-yilning 6-17-iyul kunlari Germaniyaning Hyurnberg shahrida boʻlib oʻtadi.

Eslatma: dastur yosh mutaxassislar uchun moʻljallanga, ammo yosh chegarasi koʻrsatilmagan. Boshqa shu kabi dasturlarda yosh darajasi 30 yoshgacha etib belgilangan, shu sababli, yosh chegarasi taxminan 30 yosh, deb olindi.

Grant kimlar uchun?

Sudya, huquqshunos yuristlar, prokuror va akkreditatsiyadan oʻtgan oliygohlarda jinoyat huquq fanlaridan dars beradigan yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi akademiya ishtirokchilarining turar joy, yashash va oziq-ovqat, transport, viza, aviachipta, tibbiy sugʻurta xarajatlari toʻliq tashkilotchi tomonidan moliyalashtiriladi va kundalik xarajatlar uchun stipendiya ham beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod huquq sohasida bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  2. Nomzod sudya, huquqshunos yurist, prokuror yoki akkreditatsiyadan oʻtgan oliygohlarda jinoyat huquq fanlaridan dars beradigan oʻqituvchi boʻlishi kerak.
  3. Nomzod sudya, huquqshunos yurist, prokuror yoki akkreditatsiyadan oʻtgan oliygohlarda jinoyat huquq fanlaridan dars beradigan oʻqituvchi sifatida kamida 3 yillik kasbiy tajribaga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod huquq sohasini yaxshi bilishi zarur.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Nomzod yozgi akademiya boʻlib oʻtadigan vaqtda barcha tadbir va mashgʻulotlarga toʻliq qatnashishi shart.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar 2020-yil 7-fevralga qadar qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

Arizada quyidagi ma’lumotlar yoziladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Arzia shakli toʻldiriladi. Unda:
  • til bilish darajangiz;
  • ma’lumotingiz.
  • ish tajribangiz;
  • yozgi akademiyaga qatnashish imkoniyatingiz haqida yoziladi.
  • CV va motivatsion xat. Hujjat hajmi 600ta soʻzgacha boʻlishi kerak.
  • Arizani topshiring. Elektron pochtangizga xat keladi, xat orqali ariza topshirganingizni tasdiqlang.

Barcha hujjatlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Agar ariza berish jarayonida onlayn roʻyxatdan Oʻzbekiston chiqmasa, summeracademy@nurembergacademy.org manziliga murojaat qiling, muammoni hal qilib berishadi. Batafsil ma’lumot uchun savol-javoblarni oʻqib chiqing.

Bogʻlanish uchun: summeracademy@nurembergacademy.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!