Yevropa Ittifoqining Internews tashkiloti va AQShning xalqaro rivojlanish agentligi USAID hamkorligida MediaCAMP medialoyihasi doirasida tashkil etilgan Эдьютон 2020 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Dasturda mediata’lim va mediasavodxonlikni rivojlantirish, ta’sil sifatini oshirishda mediadan foydalanishni niyat qilgan OTM, litsey, kollej o‘qituvchilari va mediatrenerlar qatnashishlari mumkin.
Seminar dasturiasosan tajriba almashuv va innovatsion usullar orqali media va raqamli texnologiyalardan foydalanish savodxonligini oshirishga qaratilgan. Dastur 2020-yilning 21-23-fevral kunlari Olmaotaning Nursulton shahrida bo‘lib o‘tadi.
Seminar mavzusu: интерактивные методы, игры и визуализация в обучении медиаграмотности всех групп населения, в том числе студентов, школьников, гражданских активистов и сотрудников СМИ.
Grant kimlar uchun?
OTM, litsey, kollej o‘qituvchilari va mediatrenerlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan nomzodlarning barcha xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi kerak.
- Nomzod mediasavodxonlik sohasida faoliyat olib borayotgan OTM, litsey, kollej o‘qituvchisi yoki mediatrener bo‘lishu mumkin.
- Nomzod rus tilini yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga 2020-yil 20-yanvargacha hujjat topshirish mumkin. Dasturda ishtirok etish uchun shu yerda anketani to‘ldirish kerak bo‘ladi.
Dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun shu yerda berilgan ma’lumotlarni o‘qib chiqing.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: kz-info@internews.org.