Xitoyning Lanchjou shahrida joylashgan Lanzhou University 2020-2021-yillar uchun Chinese Government Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi ikki-toʻrt yilga moʻljallangan. Grant universitetga yuqori salohiyatli yosh magistr va doktorantlarni jalb etishdir. Grant universitetning 2020-yil sentabrda boshlanadigan magistratura va doktorantura kurslari uchun amal qiladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
- Bepul turar joy bilan taʼminlanadi,.
- Oʻqish tugagunga qadar har oyda magistrlarga 3 000 RMB (437 USD), doktorantlarga 3 500 RMB (510 USD) stipendiya beriladi.
- Tibbiy sugʻurta xarajatlarini toʻlab beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
- Xitoylik boʻlmagan, ruhiy va jismoniy sogʻlom fuqarolar ariza topshira oladi.
- Nomzod a’lochi bo‘lishi va avval Xitoyda o‘qimagan bo‘lishi kerak.
- Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim.
- Doktorantura nomzodi esa 40 yoshdan oshmagan va magistr darajasi sohibi boʻlishi kerak.
- Xitoy hukumatidan boshqa stipendiya olayotgan nomzodlar bu dasturda ishtirok eta olmaydi.
- Nomzod xitoy tilini kamida HSK 4 darajaga bilishi zarur.
- Nomzod stipendiya taalluqli bo‘lgan kurslardan biriga o‘qishga kirishi kerka. Ro‘yxat: shu yerda.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Buning uchun magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga ariza topshirish kerak. Grantga alohida ariza beriladi. Universitetga qabul uchun dedlayn 2020-yil 31-mart. Shuning uchun o‘qishga hujjatlarni iloji boricha erta topshiring.
Hujjatlar quyidagicha topshiriladi:
- Grantga ariza toʻldirish uchun shu yerdan onlayn-ilova tizimiga kiring va registratsiyadan oʻting.
- Registratsiyadan keyin Program code – B deb beilgilaysiz va agentlik kodi sifatida 10730 raqamini yozing.
- LZU – universitetga kirish uchun ham onlayn-ariza shaklini toʻldiring. “Application Materials” ro‘yxatida berilgan hamma hujjatlarni tayyorlang.
- Arizani imzolang, yaqinda olingan fotosuratingizni, hamma hujjatlarni biriktiring va 2 nusxada School of International Cultural Exchange, Lanzhou University ga pochta orqali jo‘nating:
Room 703 Students Activity Center, No.222 South Tianshui Road, Lanzhou, Gansu Province, P. R. China
Post code: 730000
Student Consultant: Xie Fei(Miss), Wang Shan(Miss)
Tel: 0931-8914290
E-mail:interadmission@lzu.edu.cn
Hujjatlar tarkibi:
- Imzo qoʻyilgan va fotosurat biriktirilgan ariza.
- Bakalavr/magistr diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.
- Diplom ilovasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
- Pasport fotonusxasi.
- Oʻqish yoki tadqiqot rejasi.
- Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma. Hujjatda tavsiyanoma beruvchining kontakt ma’lumotlari yoziladi.
- Sudlanmaganlik haqida hujjat. IIV dan olinadi. Ma’lumotnoma 6 oygacha yaroqli hisoblanadi. Hujjat topshirayotganda bunga e’tibor bering.
- Jismoniy ekspertiza maʼlumotnomasi.
- Xitoy tilidagi dasturga ariza bergan nomzod tibbiyot, fan, texnika yoʻnalishlari uchun kamida HSK 4, iqtisod, menejment, falsafa, adabiyot, taʼlim va huquq sohalari uchun HSK 5 yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasi (aks holda 1 yil qoʻshimcha xitoy tili oʻqish kerak boʻladi). Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga nomzod (ona tilisi ingliz tili boʻlmagan)lar uchun IELTS kamida 5,5/TOFEL 80 ball yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasini topshirishlari kerak.
- CV (nashr ishlari roʻyxati, agar mavjud boʻlsa).
Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish va notarial tasdiqlash lozim. Yodda tuting: barcha hujjatlar ikki nusxada topshiriladi. Topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademk yutuqlari, tadqiqot mavzusining dolzarbligi, til bilish darajasi, ilmiy salohiyati kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar 2020-yilning 15-iyulgacha e’lon qilinadi.
Bogʻlanish uchun:
Manzil:
Room 703 Students Activity Center, No.222 South Tianshui Road, Lanzhou, Gansu Province, P. R. China
Post code: 730000
Student Consultant: Xie Fei(Miss), Wang Shan(Miss)
Tel: 0931-8914290
E-mail:interadmission@lzu.edu.cn