×

Xitoy: Bakalavr va magistratura talabalari uchun toʻliq va qisman grantlar; bepul turar joy va stipendiya!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4604 marta

Xitoyda joylashgan Tianjin University of Technology and Education oliygohi chet ellik talabalarga Tianjin Government Scholarship Program  grant dasturini taqdim etadi. Ushbu grant dasturi shu Universitetda oʻqitiladigan bakalavr hamda magistratura kurslari uchun ajratiladi. Dastur doirasida nomzodlar toʻliq va qisman grantlar bilan taqdirlanadilar. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, dasturdan asosiy maqsad universitetda oʻqish istagidagi chet ellik talabalarni qoʻllab – quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

Toʻliq grant gʻolibi:

  1. Bepul roʻyxatdan oʻtikaziladi.
  2. Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
  3. Turar joy bilan ta’minlanadi.
  4. Yashash xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi.
  5. Talabalar tibbiy sugʻurtalanadi.

Qisman grant gʻolibiga oʻqish toʻlovi 100 foiz toʻlab beriladi.

Qisman grant gʻoliblari oliygohda oʻqish uchun qoʻshimcha xarajatlar (oʻqish toʻlovidan tashqari) bilan shu yerda tanishishlari mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod boʻlish lozim:

  1. Nomzod xitoylik boʻlmasligi kerak.
  2. Ariza beruvchilar sogʻlom boʻlishlari kerak.
  3. Bakalavr darajasini olish uchun nomzod oʻrta maktab diplomiga ega boʻlishi va 30 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
  4. Magistr darajasini olish uchun nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi va 35 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
  5. Nomzod ingliz yoki xitoy tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun nomzod toʻldirilgan ariza va hujjatlarini Tianjin University of Technology and Education universitetiga har yili 1-martidan 15-iyunigacha topshirishlari kerak (hujjatlarni qabul qilish hali boshlanmaganligi sababli ariza topshirish portali hozir yopiq).

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza shakli.
  2. Yuqori maktab attestati (bakalavr uchun) yoki bakalavr diplomi (magistratura uchun) – notarial tasdiqlangan nusxasi.
  3. Baholar – notarial tasdiqlangan nusxasi.
  4. Tadqiqot rejasi (ingliz yoki xitoy tilida, kamida 800 soʻzdan iborat).
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. Tibbiy tekshiruv natijalari nusxasi (asl nusxasi nomodning oʻzida boʻlishi kerak).
  7. Qon tahlili natijalari (Blood Test Report): Shakl shu yerda.
  8. Pasportning oldingi sahifasi, viza sahifasi.

Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tillarida taqdim etilishi zarur. Tarjima qilingan hujjatlarning barchasi notarius orqali tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Natijalar iyul oyida eʻlon qilinadi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!