×

Harbiy xizmatchiga OTMga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi belgilandi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3366 marta

CHOP ETILGAN

05.02.2020

“Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3215, 31.01.2020-y.).

Nizomga muvofiq, tavsiyanomalar muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.

Tavsiyanomaga ega boʻlgan fuqarolar quyidagilarga:

  • respublikaning oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra oʻzlari toʻplagan ballarining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga;
  • respublikaning OTMlari (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun OTMlarga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.

Tavsiyanomalar berishga tegishli oʻquv fanlarini yaxshi oʻzlashtirib borish, harbiy xizmat davomida olingan ragʻbatlantirish hamda xizmat yakunidagi test sinovida toʻplangan ballar asos boʻladi.

Ilgari tavsiyanoma berishda harbiy xizmatchining kundalik xizmat faoliyati, qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni oʻtashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarni bajarishi ham inobatga olinar edi.

Tavsiyanoma, qoida tariqasida, muddatli harbiy xizmatchilarning 40 foiziga beriladi va ular berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.

Manba: Huquqiy axborot kanali.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!