×

Shveytsariya: Huquqshunoslik sohasi magistratura kursi uchun toʻliq grantlar; stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

29.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

4161 marta

Shveytsariyaning Jeneva Akademiyasi Gʻarbiy Yevropa, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, AQShdan boshqa davlat vakillaridan Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur universitetning magistratura kurslarida oʻqish uhun beriladi. Grantga nomzod quyidagi magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak:

  1. LLM in International Humanitarian Law and Human Rights (LLM).
  2. Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law (M TJ).

Ushbu magistrlik kurslari 10 oy davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga kursning kontrakt puli toʻliq toʻlab beriladi (partial scholarship) yoki kontrakti toʻliq toʻlab beriladi va yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi (full scholarship).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Gʻarbiy Yevropa, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, AQShdan boshqa davlat fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi/kirishi kerak.
  • Nomzod huquqshunoslik (LLM)/ijtimoiy fanlar, huquq, sotsiologiya, tarix (MTJ) boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod darsdan tashqari tadbirlar, konferensiyalar, volontyorlik dasturlari, tanlovlarda qatnashgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ommaviy huquq boʻyicha yaxshi baholarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Fransuz tilini bilgan nomzodlarga koʻproq imkoniyat berilishi mumkin

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar yuqoridagi 2 ta magistratura kurslarida 2022-yilda oʻqish uchun beriladi. Grantga arizani oʻqishga kirishga hujjat bilan birga topshirish kerak. Grant yutib olish uchun 2021-yil 29-yanvargacha ariza berish kerak.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan yuqorida koʻrsatilgan kurslardan mos keladigani sahifasiga kiring.
  2. Sahifadan Start an Application boʻlimini tanlang.
  3. Stipendiya bilan birga topshiriladigan ariza shaklini tanlang.
  4. Arizani toʻldiring va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating. Ariza tanlangan kurs sahifasida «Start application» havolasi orqali topshiriladi.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • CV/rezyume.
  • Diplomi nusxasi.
  • Diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6,5 ball yoki ekvivalent talab qilinadi.
  • Personal statement. 2 betgacha yoziladi.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Darsdan tashqari faoliyat haqida hujjat.
  • Fransuz tilini biladiganlardan DALF sertifikati soʻraladi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!