×

Tojikiston: Markaziy Osiyolik tadqiqotchilar uchun 7 kunlik dastur; barcha xarajatlar qoplanadi


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tojikiston

O'QILGAN

2741 marta

Institute for War & Peace Reporting (IWPR CA) hamda Beshkekdagi OSCE Academy hamkorlikda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Oʻzbekistonlik tadqiqotchilardan Yosh Analitiklar Maktabida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilmoqda. Maktabning maqsadi – Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun dolzarb boʻlgan mavzular bo’yicha tahliliy nashrlar yaratish ko’nikmalarini oshirishdan iborat. Dastur 2020-yil 1-7 iyun kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadi.

Intensiv dastur quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

  • Tahliliy maqolalarning o’ziga xosligi va standartlari;
  • Tahliliy materiallar turlari;
  • Tahliliy maqolalarni yozish metodikasi;
  • Tahliliy maqolaning tuzilishi, tarkibi, vizual vositalari;
  • Ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish vositalari;
  • Tahliliy maqolalarni targ’ib qilish strategiyalari.

Nazariy qismga qo’shimcha ravishda, siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot va ommaviy axborot vositalari sohasidagi amaliyotchilar bilan tematik uchrashuvlar o’tkaziladi. Treningda Evropa, MDH va Markaziy Osiyodagi tajribali jurnalistlar va ekspertlar qatnashadilar.

Grant kimlar uchun?

22-40 yoshdagi tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur bilan bog’liq barcha xarajatlar IWPR CA tomonidan qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomod 22 – 40 yoshda boʻlishi kerak.
  2. Nomzod rus tilini yaxshi bilishi kerak.
  3. Nomzod Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki O’zbekiston fuqarosi bo’lishi kerak.
  4. Nomzod siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot yoki boshqa tegishli fanlar bo’yicha bakalavr va / yoki magistr darajasiga ega bo’lishi zarur.
  5. Davlat, xalqaro, notijorat tashkilotlar yoki ommaviy axborot vositalarida ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  6. Markaziy Osiyo mintaqasi muammolari bo’yicha mavzular va tadqiqotlarda ishtirok etishi zarur.
  7. Nomzodning Markaziy Osiyo bilan bog’liq masalalar bo’yicha tahliliy tadqiqotlar o’tkazish tajribasiga ega boʻlishi maqsadga muvofiq.
  8. Gʻolib ishtirokchilar yuqoridagi mavzulardan birini tanlab olishlari, ish jarayoni boshlanishidan oldin kelgusi maqolaning qoralamasini taqdim etishlari hamda orttirilgan bilim va koʻnikmalardan foydalanib dastur yakuniga qadar uni tugatishlari kerak. Batafsil maʼlumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

1-bosqich. Saralash

Dasturga 2020-yil 31-martgacha hujjat topshirish mumkin berilgan arizani toʻldirishi hamda kerakli hujjatlarni yukashi talab etiladi:

  • Rezyume (1 sahifadan ko’p bo’lmagan).
  • Motivatsion xat (500 ta so’zdan koʻp boʻlmagan).
  • Tahliliy maqola uchun ikkita mavzu, taxminiy rejalari bilan birga (1 sahifadan ko’p bo’lmagan).
  • Chop etilgan tahliliy materiallarga havolalar (agar mavjud bo’lsa).

2-bosqich. Suhbat (Skype orqali, telefon orqali yoki IWPR CA vakolatxonasida).

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish hamda bogʻlanish uchun youngexpertsprogram@gmail.com  manziliga murojaat qiling.

Tel: +996 312 313411, +996 550 732173, +992 446401012, +992 446401011

E-mail: youngexpertsprogram@gmail.com 

Facebook: cabar.asia.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!