×

Oʻzbekiston: Westminster universitetida iqtisodchilar uchun yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

20.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

3087 marta

Westminster International Food Policy Research Institute (IFPRI) va Westminster International University in Tashkent (WIUT)  yosh iqtisodchi va tadqiqotchilarni Regional Training Course (Summer School) on Applied Econometric Analysis yozgi maktabiga taklif etmoqda. yozgi maktab 2020-yil 1-12 iyun kunlari boʻlib oʻtadi. Dastur asosan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonlik yosh iqtisodchilar uchun moʻljallangan. Yozgi maktab dasturining asosiy maqsadi amaliy ekonometrik tahlilning zamonaviy vositalari va usullaridan foydalangan holda sabablar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlashga qaratiladi. Yozgi maktab dasturi qatnashchilari quyidagilarni o’rganadilar:

  • tadqiqot yo’nalishini aniqlash va tadqiqot savollarini ishlab chiqish;
  • ma’lumotlarni empirik tahlil qilish va mustahkam ekonometrik modellarni yaratish;
  • tasavvurlar, vaqt ketma-ketligi va bo’ylama (panel) ma’lumotlar sozlamalarida sabablarni aniqlash;
  • empirik tadqiqotlarda endogenlik va geterogenlik masalalarini hal qilish;
  • empirik tadqiqotlar natijalarini sharhlash va mantiqiy xulosa chiqarish;
  • ilmiy maqolalarni xalqaro ilmiy jurnallarda nashr qilish.

Yozgi maktab darslari WIUT binosida, amaliy va empirik tahlillar kompyuter laboratoriyalaridagi Stata kabi statistik to’plamlar bilan briktirilgan holda o’tkaziladi. Barcha mashg’ulotlar ingliz tilida IFPRI katta ilmiy xodimlari va WIUT`ning iqtisodiyot sohasida zamonaviy tadqiqotlar tajribasiga ega bo’lgan professor-o’qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Yozgi maktab haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.

Grant kimlar uchun?

Yosh iqtisodchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabning xorijlik (Oʻzbekistonlik boʻlmagan) qatnashchilari taskilotchilar tomonidan quyidagilar bilan taʼminlanadi:

  • Toshkentga kelish va ketish uchun aviabilet.
  • Turar joy.
  • Yashash xarajatlari

Yozgi maktab qatnashchilaridan eng iqtidorli tadqiqotchilar tanlov asosida, Vashington D.C.dagi IFPRI shtab-kvartirasida tadqiqotlar oʻtkazish uchun taklif qilinishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Nomzod 35 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod iqtisodiyot sohasida faoliyat/tadqiqotlar olib borishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilida ravon muloqot qila olishi kerak.
  • Oldingi yozgi maktab ishtirokchilari qayta ariza bera olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi maktabga ariza berish uchun onlayn ariza toʻldirilib, kerakli hujjatlar yuklanishi va 2020-yil 20-aprelgacha topshirilishi kerak. Ariza onlayn topshirish imkoniyati boʻlmagan nomzodlar ushbu ariza shaklini toʻldirib, CV bilan birga research@wiut.uz va j.ilyasov@cgiar.org manzillariga e-mail orqali yuborishlari zarur.

Kerakli hujjatlar:

  1. To’ldirilgan ariza.
  2. Motivatsion xat.
  3. CV.
  4. Ingliz tili testi natijalari (agar mavjud boʻlsa).
  5. Boshqa standartlashtirilgan test natijalari (GMAT/GRE agar mavjud boʻlsa).

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni oliygohning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bog’lanish uchun:

Email: research@wiut.uz / j.ilyasov@cgiar.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!