×

Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi uchun 5 000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

01.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1820 marta

Shotlandiyaning Edinburg shahrida joylashgan University of Edinburgh oliygohi The School of Physics bo’limi MSc Theoretical Physics, MSc Mathematical Physics yoki MSc Particle and Nuclear Physics yo’nalishlari bo’yicha 2020-21-yilgi magistratura (MSc) bosqichida o’qishni xohlovchi talabalarni Higgs Scholarships grant dasturiga hujjat topshirishga taklif etadi. Ushbu grant talaba xarajatlarini qisman qoplash uchun mo’ljallangan. Dasturga mahalliy va chet ellik talabalar ariza topshirishlari mumkin. Dastur doirasida 6 nafar talabaga grant berish mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga 1 o’quv yili mobaynida 5 000 funt sterling miqdoridagi mukofot beriladi.

Universitetda tahsil olish uchun chet ellik talaba 28 150 funt-sterling kontrakt to’laydi. Sarflanadigan xarajatlar bilan shu yerda tanishing.

Talablar:

 Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan mamlakat fuqarosi bo’lishi mumkin
  • Nomzod University of Edinburgh oliygohiga MSc Theoretical Physics, MSc Mathematical Physics yoki MSc Particle and Nuclear Physics yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga hujjat topshirgan bo’lishi kerak
  • Nomzodning akademik ko’rsatkichlari (baholari) yaxshi bo’lishi zarur (GPA 4.0/5.0)
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur
  • Nomzod Buyuk Britaniyaning first-class honors degree darajasi yoki unga tenglashtirilgan darajaga (bu odatda O’zbekistondagi bakalavr/magistr darajasiga to’g’ri keladi) ega bo’lishi zarur. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun universitet bakalavriat kursining kunduzgi boʻlimida oʻqishga ariza topshirish lozim. Hujjat topshirish 2020-yil 1-iyungacha.

Hujat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo University of Edinburgh oliygohining MSc Theoretical Physics, MSc Mathematical Physics yoki MSc Particle and Nuclear Physics yo’nalishlaridan biri bo’yicha magistratura kursiga hujjat topshirishi zarur.
  2. Bu jarayon nomzoddan 5 ish kuniga qadar vaqtni talab etadi.
  3. So’ngra, shu yer orqali grant dasturiga ariza topshiriladi.
  4. Ariza topshirishda muammoga duch kelgan talabalar shu yer orqali yordam olishlari mumkin.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. To’ldirilgan a
  2. Bakalavr/magistr diplomi. Batafsil ma’lumot
  3. Baholar/diplom ilovasi (GPA 4.0/5.0)
  4. Til sertifikati. IELTS 6.5 ball va undan baland, har bir bo’limdan kamida 0 ball yoki TOEFL iBT 92 ball va undan baland
  5. 2 ta tavsiyanoma
  6. Shaxsiy bayonot (Personal Statemant)

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0) 131 651 4070

Email: msc.pnp@ph.ed.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!