×

Oʻzbekistonda “Yoshlar iqlim oʻzgarishiga qarshi” tanlovi eʼlon qilindi; mukofot jamgʻarmasi 7000 AQSH dollari!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

3249 marta

CHOP ETILGAN

09.03.2020

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: 35 yoshgacha boʻlganlar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2020-yilning 30-apreligacha

Umumiy maʼlumot

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi va Global ekologik fondning kichik grantlar dasturi hamkorlikda «Yoshlar iqlim o‘zgarishiga qarshi» loyihasi doirasida umumiy sovrin jamg‘armasi 7000 AQSH dollari bo‘lgan tanlov eʼlon qildi. Ushbu tanlovda nomzodlar iqlim barqarorligiga ijobiy taʼsir qiladigan va kundalik hayotimizdagi iqlimga salbiy yondashuvlarni oʻrnini bosadigan taklifari bilan ishtirok etishi mumkin.

Yutuqlar

Mazkur tanlov gʻoliblariga oʻz gʻoyalarini amalga oshirish uchun quyidagicha mablagʻ ajratiladi:

  • 2 nafar 1-oʻrin – har biriga 2000 AQSH dollari;
  • 2 nafar 2-oʻrin – har biriga 1000 AQSH dollari;
  • 2 nafar 3-oʻrin – har biriga 500 AQSH dollari.

Gʻoyalarni amalga oshirishni ragʻbatlantirish uchun mablagʻ ajratilgandan soʻng, 2020-yilning kuzida eng yaxshi gʻoya tanlab olinadi. Tanlovning barcha ishtirokchilari joriy yilning kuzida Toshkentda boʻlib oʻtadigan Yoshlar iqlim forumida ishtirok etishlari mumkin.

Talablar

Nomzodga tanlov yuzasidan qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  1. Gʻoyangizni bir oʻzingiz yoki jamoa sifatida taqdim etishingiz mumkin. Jamoa a’zolari 5 kishidan oshmasligi kerak. Agar jamoa sifatida qatnashadigan bo’lsangiz, jamoa a’zolaridan kamida 1-2 tasi qizlar boʻlishi kerak.
  2. Tanlovda 35 yoshgacha boʻlgan nomzodlar qatnasha oladi.
  3. Tanlovga iqlim barqarorligiga ijobiy ta’sir qiladigan va kundalik hayotimizdagi iqlimga salbiy yondashuvlarni oʻrnini bosadigan takliflar kiritish lozim. Bunday takliflar har qanday sohada boʻlishi mumkin. Masalan: a) energiyadan foydalanishda yoki ishlab chiqarishda; b)uyingizni, koʻchangizni, shaharni qanday jihozlashingiz, uni issiqxona gazi emissiyasini istisno qiladigan yoki kamaytiradigan usullardan foydalanish qulay boʻlishi uchun; c)suv yoki yerdan foydalanishda; d) steʼmolda boshqacha yondashuv va shu kabi boshqalar.
  4. Shunindek, loyihaning shakliga ham cheklov qoʻyilmagan. Jumladan, loyiha shakllari quyidagicha boʻlishi mumkin: a) telefon uchun dastur/ilova; b) ish joyingiz, oʻquv maskaningizdagi va kundalik hayotdagi jarayonlardagi biror oʻzgartirish; c) sinfingiz yoki kabinetingizni isitish yoki sovutish tizimini takomillashtirish bo’yicha yoki kamroq uglerod yoqilgʻisini sarflashga yordam beradigan ofis va shu kabi boshqa narsalar boʻlishi mumkin.
  5. Gʻoya/loyiha aniq, amalga oshirilishi mumkin, emissiyalarni kamaytirish uchun aniq natijalar beradigan va boshqa odamlar, tashkilotlar, jamoalar orasida replikatsiya qilish xususiyatiga ega bo’lishi kerak.

Baholash

Taqdim etilgan ishlar hakamlar hayʼati tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Qoʻllanuvchanligi, realistikligi, amaliyligi.
  • Emissiyalarni kamaytirishga taʼsir doirasi.
  • Masshtabliligi, yaʼni boshqalar tomonidan takrorlashda qiyinchilik tugʻdirmasligi.
  • Gʻoyaning ijodkorligi.

Hujjat topshirish jarayoni

Tanlov yuzasidan arzalar (takliflar) 2020-yilning 30-apreliga qadar youth_application@mail.ru elektron manziliga yuborilishi lozim. Qiziquvchilarga, dastlab, rasmiy eʼlonni toʻliq oʻqib chiqish tavsiya etiladi. Rasmiy eʼlonni SHU YERDA oʻqing.

Savollar yuzasidan quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: (+998) 97 146 08 48.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!