Ushbu maqola 2022-yil sentabr oyidagi maʼlumotlar asosida yangilangan.
Agder universiteti Norvegiyaning Kristiansand va Grimstad shaharlarida kampusiga (oʻquv binolariga) ega va hozirda ushbu oliygohda 12 mingga yaqin talaba tahsil oladi.
Agder universiteti AACSB (Oliy taʼlim sohasidagi biznes maktablarini rivojlantirish assotsiatsiyasi) tashkiloti tomonidan akkreditatsiyalangan 2 ta norveg universitetining biri hisoblanadi.
Universitetda quyidagi fakultetlar (maktablar) mavjud:
- Biznes va huquq maktabi
- Ijtimoiy fanlar fakulteti
- Nafis sanʼat fakulteti
- Sogʻliqni saqlash va sport fanlari fakulteti
- Gumanitar fanlar va taʼlim fakulteti
- Muhandislik va fan fakulteti
- Oʻqituvchilar taʼlimi boʻlimi
Xarajatlar
- Universitetda tahsil olish uchun taʼlim haqi undirilmaydi, yaʼni oʻqish bepul.
- Talabalar har semestrda 800 NOK (taxminan 77 AQSH dollari) miqdorida semestr badali toʻlashi kerak.
- Lekin oʻqishga qabul qilinishi va viza berilishi uchun talaba Norvegiyada bir yil yashash uchun yetarli mablagʻga egaligi haqida hujjat (bank statement yoki boshqa muqobil hujjat) taqdim etishi kerak. Bu mablagʻ 2021-2022-oʻquv yili holatiga koʻra, 128 887 NOK (taxminan 12 380 AQSH dollari)ni tashkil qiladi. Mazkur summa keyingi yillarda bir oz kamayishi yoki oshishi mumkin.
Universitetda koʻp yoʻnalishlar norveg tilida oʻqitiladi. Biroq bakalavriat, magistratura va PhD bosqichlarida ingliz tilida oʻqitiladigan sohalar ham anchagina boʻlib, ular bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.
Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga qabul qilishda nomzoddan xalqaro ingliz tili sertifikatlaridan biriga ega boʻlish talab etiladi.
Til talablari quyidagicha:
- Bakalavriat uchun kamida IELTS 5.0 yoki shunga teng darajadagi boshqa til sertifikati.
- Magistratura uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng darajadagi boshqa til sertifikati.
- Doktorantura uchun til talabi aniq belgilanmagan, lekin nomzodlar ingliz tilini tadqiqot olib borishga yetarli darajada bilishi lozim,
Til bilish darajasiga qoʻyilgan talablar bilan SHU YERDA batafsil tanishing.
Bakalavriat dasturlariga qabul jarayoni har yili 1-noyabrdan 1-dekabrgacha davom etadi. Magistratura uchun hujjatlarni topshirish muhlatlari esa yoʻnalishga qarab farq qiladi (odatda har yili 1-martgacha qabul qilinadi). Shu sababli, hujjat topshirish muhlatlarini har bir yoʻnalish uchun alohida koʻrib olish kerak.
Universitetga qabul shartlari va jarayoni bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Aytgancha, kecha mushtariylardan biri Norvegiyada oʻqiyotgan talabalar haqida eshitmaganman deb yozgan ekan. Norvegiyada tahsil olgan hamyurtlarimizdan biri bilan suhbatni SHU YERDA oʻqishingiz mumkin.