Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston
Kim uchun: Barcha uchun
Ariza topshirish muddati: 2020 yilning 25-maygacha
Asosiy ma’lumot:
O‘z tajribalaringizni boshqalar bilan bo‘lishing, yaxshilik qiling va qimmatbaho sovg‘aga ega bo‘ling!
O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA) hamkorlikda oilalardagi munosabatlarni yanada yaxshilash, ota-onalar va farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, buva-buvilar va nabiralar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish hamda ibratli oilaviy an’analarni keng targ‘ib etish, shuningdek, o‘smirlarda murakkab vaziyatni foydali harakatlarga yo‘naltirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, yangi bilim va ta’lim olish uchun vaqtdan samarali foydalanish layoqatini yuksaltirish maqsadida
“Karantinni qanday o‘tkazyapmiz?”
nomli videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
Manfaatli jihatlari:
Tanlov natijalariga ko‘ra har bir yo‘nalishda uchta eng yaxshi, jami 6 ta material tanlab olinadi va ikki yo‘nalish bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rinlar sohiblari noutbuk, planshet va smartfonlar bilan taqdirlanadi.
Talablar:
Tanlovga mobil telefon, yuqori aniqlikdagi videokamerada suratga olingan va tanlov mavzusiga mos bo‘lgan, 2 daqiqadan oshmagan, o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida tayyorlangan videomahsulotlar 2020-yil 1-apreldan 25-mayiga qadar qabul qilinadi.
Tanlov ikki yo‘nalishda tashkil etiladi. Ya’ni barcha aholi qatlamlari uchun “Karantin paytida uyda, oila davrasida vaqtni qanday o‘tkazyapmiz?” mavzusida hamda o‘smirlar uchun “Maqsadimga erishish yo‘lidagi g‘oyalarim” yo‘nalishida o‘tkaziladi.
Hujjat topshirish jarayoni:
Tanlov uchun tayyorlangan videorolik materiallar YUNFPAning Facebook sahifasidagi messendjeriga joylashtirilib, unda ishtirokchining ismi va videorolik mavzusi ko‘rsatilishi yoki videoning Youtubedagi manzili yuborilishi lozim.
Tanlov g‘oliblari 2020-yil 1-iyun kuni e’lon qilinadi.
Manba: shu yerda.