×

Germaniya: Green Talents Award 2020; toʻliq moliyalashtiriladigan 2 haftalik forumda qatnashish va 3 oy tadqiqot oʻtkazish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

19.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2281 marta

Germaniyaning German Minister of Education and Research vazirligi homiyligi ostida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (Birlashgan Millatlar Tashkilotining 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari – SDG) yoʻnalishida izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar va yosh olimlardan Green Talents award 2020 mukofot dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Dastur doirasida 2009-yildan beri har yili dunyoning 69 mamlakatidan 25 nafar olim va tadqiqotchilar uchun grant ajratiladi. Green Talents 2020 mukofoti ikki bosqichdan iborat:

  • 2020-yil oktyabr oyida oʻtkaziladigan ikki haftalik ilmiy forum.
  • 2021-yilda Germaniyaning nomzod tanlagan institutida 3 oylik tadqiqot

Grant kimlar uchun?

Yosh olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Green Talents 2020 mukofoti gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. 2020-yil oktyabr oyida oʻtkaziladigan, toʻliq moliyalashtiriladigan ikki haftalik ilmiy forumga taklifnoma. Forum quyidagilarni oʻz ichiga oladi va dasturning tadqiqot olib boriladigan bosqichi uchun asos boʻlib hizmat qiladi:
  • Germaniyaning etakchi barqarorlik institutlari, oʻzining etakchi ilmiy tadqiqotlari va loyihalari to’g’risida eksklyuziv ma’lumotlarga ega bo’lgan kompaniyalariga tashriflar;
  • Tadqiqotchining oʻzi tanlangan nemis mutaxassislari bilan yakka uchrashuvlar, birgalikda tadqiqotlar va hamkorlikdagi harakatlar imkoniyatlarini muhokama qilish imkoniyati;
  • Berlindagi taqdirlash marosimida Green Talents dasturining avvalgi bitiruvchilari bilan aloqa o’rnatish imkoniyati.
  1. 2021-yilda Germaniyaning nomzod tanlagan institutida toʻliq moliyalashtiriladigan 3 oylik tadqiqot olib borish imkoniyati. Dasturda joriy yilda ishtirok etayotgan institutlar roʻyxati bilan shu yerda
  2. Taniqli Green Talents Awards bitiruvchilari tarmog’iga aʻzo boʻlish imkoniyati.

Grantning manfaatli jahatlari bilan shu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Germaniya fuqarosi yoki rezidenti boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod magistratura/PhD bosqichida oʻqiyotgan tadqiqotchi yoki magistratura/PhD bosqichini tugatganiga 3 yildan koʻp boʻlmagan yosh olim boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (Birlashgan Millatlar Tashkilotining 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari – SDG) yoʻnalishi boʻyicha tadqiqotlar olib borishi kerak.
  4. Nomzod uch yildan ortiq bo’lmagan professional ish stajiga (magistratura/PhD bosqichidagi ish tajribasi bundan mustasno) ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod barqaror rivojlanish va fanlararo yondashuvga kuchli qiziqish bildirishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini mukammal bilishi kerak.
  7. Nomzodning akademik koʻrsatkichlari oʻrtachadan ancha yuqori boʻlishi kerak. Batafsil maʻlumot

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2020-yil 19-maygacha tanlov tashkilotchisining rasmiy sayti orqali qabul qilinadi. Buning uchun nomzod onlayn arizani toʻldirib, barcha savollarga javob berishi va bitta tavsiyanomani yuklashi kerak. Arizada nomzoddan shaxsiy maʼlumotlari, ilmiy darajasi, diplomlari, chop etilgan nashrlari, qoʻlga kiritilgan parentlari (agar mavjud boʻlsa) kabilar soʻraladi. Ariza beruvchilarga quyidagi savollarga javobni oldindan tayyorlab qoʻyishlari hamda ularni ariza toʻldirayotganda belgilangan oʻrinlarga joylashlari tavsiya etiladi:

  • Please briefly explain your actual research by showing how it relates to sustainable development and demonstrate your interdisciplinary interest.
  • What new perspective are you providing to sustainability research? What is your professional goal?
  • How is your research/work related to sustainability science in Germany? Please also indicate which of the institutions in this year’s Science Forum are most relevant to you and why.
  • What do you expect to gain from the Green Talents Award for your future career?

To`liq to`ldirilmagan, savollarga javob berilmagan arizalar ko`rib chiqilmaydi.

Diqqat: COVID-19 pandemiyasi bilan bog’liq hozirgi vaziyat tufayli qisqa vaqt ichida o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Soʻnggi yangiliklardan boxabar boʻlish uchun www.greentalents.de saytini muntazam ravishda kuzatib boring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!