Hurford Youth Fellows Program – dunyo bo’ylab demokratiyaning rivojlantirishga o’z hissasini qo’sha oluvchi va yetakchilik sifatiga ega bo’lgan yoshlarni AQShning Vashington, D.C. shahrida bo’lib o’tadigan bir oylik trening dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dasturdan maqsad – to’g’ri yo’nalish va bilimlarga ega bo’lgach, jamiyatda demokratiya va ijtimoiy adolat rivojida faol hissa qo’shishi mumkin yoshlarga bu borada ish olib borishni o’rgatish. Bir oylik trening dasturida qatnashish uchun saralab olingan yoshlar “fellow”, deb atalib, ular dastur vaqtida tadqiqot olib borishadi va trening dasturlarida ishtirok etishadi. Dastur davomida quyidagi yo’nalishlarda ma’lumot almashiladi:
- Defending Democratic Space
- Promoting Inclusive Governance
- Strengthening Democratic Leadership
Dastur 2021-yilning 1-martidan 31-martigacha dastur tashkilotchisi hisoblangan, Vashington D/C markazida joylashgan National Endowment for Democracy tashkiloti binosida bo’lib o’tadi.
Grant kimlar uchun?
30 yoshdan kichik bo’lgan, demokratiyani rivojlantirishga qiziqishi bo’lganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur qisman grant dasturi hisoblanadi va Vashington D.C. shahrida yashash uchun ketadigan barcha xarajatlarni to’liq qoplamaydi. Grant dasturi qoplab beradigan moddiy manfaatlar quyidagicha:
- Oylik stipendiya.
- Oddiy tibbiy sug’urta (basic health insurance).
- Vashingtonga borish va kelish chiptalari.
- Vashingtonda to’liq jihozlangan ofis.
- Ba’zi uzoq masofa qo’ng’iroqlari uchun qo’shimcha mablag’.
Eslatma: dastur ishtirokchisi AQShga oilasi bilan borgan taqdirda, unga qo’shimcha moddiy ta’minot taqdim etilmaydi.
Talablar:
Dasturga quyidagi talablarga javob beruvchi nomzodlar ariza topshirishlari mumkin:
- Dunyoning istalgan davlati fuqarosi bo’lgan, 30 yoshdan oshmagan shaxslar.
- Nomzodda demokratik aktivizm hamda dunyoda va o’z jamiyatida demokratiyani rivojlantirishga kuchli intilish bo’lishi zarur. Fuqarolik jamiyati tashkilotlariga a’zo yoshlar ariza berishlari maqsadga muvofiq.
- Ingliz tilini tadqiqot olib borish va to’liq muloqot qila olish darajasida bilish.
Dastur ishtirokchisiga talablar:
- Ishtirokchi o’zi tanlagan mavzuda to’liq stavkada tadqiqot olib boradi.
- Tadqiqotchi dastur mobaynida boshqa ishga joylashmaydi va boshqa faoliyat bilan shug’ullanmaydi.
- Agar nomzod qatnashadigan biror dastur Hurford Youth Fellows dasturi bilan bir vaqtga to’g’ri kelib qolsa, bu haqida grant beruvchi tashkilotga xabar beriladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda ishtirok etish istagidagi nomzodlardan ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar so’raladi:
- Ariza.
- CV.
- Ikkita tavsiyanoma.
Ariza topshirishga kerakli materiallarni bu yerdan topasiz. Arizani to’ldirishda nomzoddan yuqorida sanab o’tilgan 3 mavzu doirasida tayyorlangan tadqiqot loyihasi ham so’raladi va bu arizalarni saralashda eng muhim hujjat hisoblanadi. Dastur haqida batafsil ma’lumot va hujjat topshirish jarayoni bilan to’liqroq tanishish uchun dastur nizomi bilan tanishib chiqing.
Murojaat uchun:
Pochta orqali murojaat uchun:
World Movement for Democracy Secretariat
National Endowment for Democracy
1025 F Street, N.W., Suite 800
Washington, DC 20004
USA
Elektron pochta manzili:
Telefon: +1-202-378-9700
Vebsayt: www.movedemocracy.org