×

Avstraliya: Tibbiyot bo’yicha doktorantura uchun yiliga 18700 AQSh dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

31.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1671 marta

Avstraliyada joylashgan Avstraliya Milliy Universiteti (ANU) tibbiyot bo’yicha doktorantura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun John James Memorial Foundation PhD Scholarship for Medical Research grant dasturiga arizalar qabul qilinayotganini ma’lum qilamiz. Grantlar ANU tibbiyot doktorantura (ya’ni PhD) kurslariga o’qishga qabul qilingan iqtidorli tadqiqotchiga taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Tibbiyot sohasida doktorantura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • 3 yil davomida yiliga 27082 Avstraliya dollari (taxminan 18700 AQSh dollari) stipendiya. Stipendiyaning umumiy miqdori bir yil hisobida hisoblansa ham, u har 2 haftada bo’lib-bo’lib to’lanadi.
  • Safarlar va tadqiqot uchun mablag’.
  • Tibbiy sabablarga ko’ra yoki dekret ta’tiliga chiqilganda beriladigan moddiy yordam.

Agar talabaning baholari pasayib ketsa, grant bekor qilinishi mumkin. Tadqiqot uchun zarur hollarda grant davomiyliga yana 6 oyga cho’zilishi mumkin. Grant ajratilgan PhD kursi 4 yil davom etadi. PhD kursi kontrakt to’lovi 50904 Avstraliya dollari (taxminan 35146 AQSh dollari)ga teng.

Talablar:

Grant berilishi uchun nomzod PhD kursi qabul talablariga to’liq javob berishi zarur. Qabul talablari quyidagicha:

  • Nomzoddan ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini bilish darajasiga talablar haqida bu yerda o’qing.
  • Nomzod bakalavr va magistratura kurslarini yuqori baholar bilan tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ANU’dagi John Curtin School of Medical Research fakulteti PhD kursiga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi kerak. Qabul qilingan eng umidli talabaga grant belgilanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantni yutish uchun alohida ariza berish shart emas. Doktorantura kursiga hujjat topshirgan nomzodlar grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladi va o’qishga qabul qilinganlarning ichidan eng munosibiga grant belgilanadi. Doktorantura kursiga arizalar 2020-yil 31-avgustga qadar qabul qilinadi.

Hujjatlar quyidagi tartibda qabul qilinadi:

  1. Nomzod qabul talablariga mos ekanligini tekshirib ko’rgach, o’zi tanlagan mavzuda tadqiqot olib borish uchun ilmiy rahbar topishi kerak. Ilmiy rahbari Avstraliya Milliy Universitetida ishlovchi professor-o’qituvchi bo’lishi va uni tanlangan mavzuda tadqiqot olib borishda qo’llab-quvvatlashi kerak. Ilmiy rahbarlar haqida ma’lumot
  2. Ilmiy rahbar bilan kelishilgach, ariza berish jarayoni boshlanadi. Arizalar bu yerda topshiriladi. Ariza topshirishda 3 ta tavsiyanoma va tadqiqot haqida ma’lumot berilishi kerak.

Grant ajratiladigan PhD kursi haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing. Hujjat topshirish jarayoni haqida ma’lumot bu yerda berilgan.

Murojaat uchun: jcsmr.hdr.sa@anu.edu.au elektron manziliga xabar yo’llang. PhD kursiga oid savollar bilan jcsmr.gradprog@anu.edu.au manziliga murojaat qiling. Batafsil ma’lumot uchun ushbu hujjat bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!