×

Birlashgan Millatlar Tashkiloti amaliyot dasturlari: turar joy, oziq-ovqat, sug’urta va aviachipta xarajatlari qoplab beriladi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

3553 marta

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’lon qilingan volontyorlik (ko’ngilli xizmat) lavozimlariga arizalar qabul qilinmoqda. Volontyorlat tashkilotning COVID-19 pandemiyasi vaziyatida ko’rayotgan chora-tadbirlarini amalga oshirishda ko’maklashishlari kerak bo’ladi. Volontyorlik dasturida ishtirok etish orqali hozirgi vaziyatda BMT tomonidan amalga oshiriladigan ko’plab yordam dasturlariga o’z xissangizni qo’shishingiz mumkin.
Dasturda tibbiyot xodimlari va turli epidemiya va shoshilinch vaziyatlarda faoliyat yuritish ishlariga yaqin soha vakillari ishtirok etishlari mumkin. Jumladan, hozirda dasturda quyidagi yo’nalish va sohalarda oliy ma’lumotga ega ko’ngilli mutaxassislar izlanmoqda:

Medical
Public Health
Emergency and Crisis Management
Programme Management
Health Systems
Sanitation and Hygiene
Communications and Data Management
Statistics and others.
Dasturga ko’plab mutaxassislar jalb etiladi va bir qancha vazifalar uchun ko’ngilli xodimlar tayinlanadi. Qaysi vazifada ish olib borishni tanlashingizdan kelib chiqib, dasturga qabul talablari va shartlari ham farq qiladi. Ko’ngilli xodim sifatida o’z yurtingizda, boshqa davlatlarda va onlayn xizmat qilishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

22 va 25 yoshdan oshgan, 2 yil ish tajribasiga ega mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlarda turar joy, oziq-ovqat, asosiy xarajatlar, sug’urta, ko’chib o’tish va ortga qaytish uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga yetadigan miqdorda stipendiya beriladi.

Talablar:

1. Nomzod kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo’lishi zarur.
2. Nomzod o’zi yashab turgan davlatda ko’ngilli sifatida xizmat qilish uchun 22 yosh, xalqaro darajada xizmat qilish uchun esa 25 yosh bo’lishi kerak.
3. Nomzod ingliz tilini yoki o’zi xizmatga bormoqchi bo’lgan davlat tilini yaxshi bilishi zarur. Qaysi sohada va vazifada xizmat qilishidan kelib chiqib, nomzodga boshqa talablar ham qo’yilishi mumkin. Dasturga qabul uchun barcha talablar bilan o’zingizni qiziqtirgan vazifa yoritilgan sahifada tanishing.
4. Nomzodning tibbiyot va sog’liqni saqlashga oid shoshilinch vaziyatlarda ishlash tajribasi bo’lsa, buni arizasini aniq ko’rsatib o’tishi kerak.
5. Dasturdl davomiyligi 3-12 oy bo’lishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ko’ngilli amaliyot vazifalari va davlatlari juda ko’pligi sababli, hujjat topshirishning so’nggi muhlatlari va amaliyotning boshlanish vaqtlari turlicha bo’lishi mumkin. Dasturga hujjat topshirish uchun bu yerga kirib, kerakli amaliyot vazifasini tanlang. Hujjat topshirish sahifasi kerakli lavozim tanlangach ko’rsatiladi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!