×

International Leadership Scholarship: Buyuk Britaniyada magistraturada o’qish uchun 10 000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1512 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Glasgow tomonidan beriladigan International Leadership Scholarships grantlari uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet magistratura kurslariga qabul qilingan xorijlik talabalarga beriladi. Glazgo universitetida o’qitiladigan barcha magistratura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

International Leadership Scholarship grantini yutib olgan talabaga o’qish to’lovi uchun 10 000 funt sterling taqdim etiladi. Magistratura kurslari uchun yillik o’qish to’lovlari haqida

Talablar:

Glazgo universitetida magistratura kurslariga qabul talablari kurslarga qarab bir-biridan farq qiladi, shuning uchun bir kursga qabul talablari boshqa kurs qabul talablariga o’xshamasligi bo’lishi mumkin Qabul talablari kurslarning o’z sahifalarida ko’rsatilgan. Qabul uchun eng umumiy talablar quyidagicha:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi, baholari a’lo bo’lishi kerak.
  • Nomzod bakalavr kursi ta’lim yo’nalishi va hujjat topshirilayotgan magistratura kursi ta’lim yo’nalishlari bir-biriga mos bo’lishi kerak. Bu qoidaga istisnolar ham mavjud, shuning uchun magistratura kurslari ro’yxatidan kerakli kursni tanlab, qabul uchun barcha talablar bilan tanishib chiqish kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Magistratura kurslariga qabul qilinish uchun IELTS yoki TOEFL kabi testlardan necha ball talab qilinishi ham kerakli kurs sahifasida ko’rsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza berish talab etilmaydi. Shunchaki, magistratura kursiga ariza topshirsangiz kifoya. Agar talabalikka qabul qilinsangiz va natijalaringiz grantga nomzod boshqa talabalarnikidan yuqori bo’lsa, sizga grant belgilanadi. Glazgo universiteti 2021-yil yanvarda boshlanadigan magistratura kurslariga arizalar 2020-yil kuz oylarigacha qabul qilinadi. Nisbatan ko’proq abituriyentlar hujjat topshiradigan ba’zi kurslar uchun qabul ertaroq yopilishi ham mumkin. Qabul jarayoni va hujjat topshirish muhlatlari turli magistratura kurslari uchun turlicha bo’ladi. Bu yerda ko’rsatilgan ro’yxatdan kerakli kursni topib, hujjat topshirish to’g’risidagi ma’lumotlarni tekshirib ko’rish zarur. Hujjat topshirish uchun ham shu ro’yxatdan o’zingizni qiziqtirgan kursni tanlab, sahifadagi “apply” tugmasini bosish kerak.

Magistratura kurslariga qabul to’g’risida lo’p so’raladigan savollarga javoblar bilan bu yerda tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!