×

University of Canterbury: Yangi Zelandiyada mashinasozlik bo’yicha magistratura kursida o’qish uchun 16300 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1638 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan University of Canterbury tomonidan beriladigan Ngau Boon Keat Postgraduate Scholarship in Mechanical Engineering grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet mashinasozlik fakulteti magistratura kurslarida o’qish uchun beriladi. Grantlarni Canterbury universiteti mashinasozlik fakultetidagi Master of Mechanical Engineering va Master of Mechanical Engineering Studies magistratura kurslarida o’qish uchun yutib olish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Mexanik muhandislik bo’yicha magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga 25 000 Yangi Zelandiya dollari (taxminan 16 341 AQSh dollari)miqdorida grant beriladi. Grant magistratura kursining davomiyligidan kelib chiqqan holda har yili berib boriladi. Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Grantni yutib olish uchun nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi va yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod mashinasozlik sohasida bakalavr diplomiga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod ilgari tadqiqot olib borgan bo’lsa, mashinasozlik sohasiga qiziqish bildirishi va bu sohada chuqur bilimga ega ekanligini ko’rsatuvchi ilmiy maqolalari bo’lsa grant yutib olish ehtimoli ortadi.
  • Nomzodning bakalavr kursida olgan o’rtacha baholari 7 ballik GPA tizimida 5 balldan kam bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun 2020-yil 1-noyabrgacha ariza topshirish kerak. Arizalar bu yerda topshiriladi. Hujjat topshirish oldidan grant nizomi bilan tanishib chiqing. Murojaat uchun scholarships@canterbury.ac.nz elektron manziliga xabar yuborishingiz mumkin. Ma’lumot uchun info@canterbury.ac.nz elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!