×

Wengzhou-Kean University: bakalavr kursini Xitoyda bepul o’qish uchun grant!


Grant

MUHLAT

15.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1535 marta

Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan Wengzhou-Kean universiteti tomonidan beriladigan 100% grantlar uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan, ingliz tilini bilish darajasi va baholari yuqori bo’lgan xorijlik talabalarga beriladi. Universitetdagi barcha kurslar haqida batafsil ma’lumot bilan tanishish uchun bu yerga bosing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun kontrakt to’lovi 100% qoplab beriladi.

Talablar:

  1. Grantni yutib olish uchun nomzod universitet bakalavr kursiga o’qishga qabul qilinishi va IELTS 7.0 yoki TOEFL 100 sertifikatiga hamda maktabda (kollej, litsey) olgan baholari o’rtachasi 4 ballik GPA shkalasida kamida 3.5 ballga teng bo’lishi kerak.
  2. Bakalavr kursiga qabul qilinish uchun nomzod maktabni (litsey, kollej) tamomlagan bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL IBT 80 ballga ega bo’lishi kerak. Bu yilgi qabulda DuoLingo testi natijalari ham qabul qilinadi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil bahorgi semestr uchun grant yutib olish uchun bakalavr kursiga 2020-yil 15-noyabrga qadar hujjat topshirish kerak. Hujjat topshirish tartibi:

  1. Ariza to’ldiring.
  2. Kerakli hujjatlarni tayyorlang:
  • Pasport nusxasi;
  • Pasport o’lchamidagi fotosurat;
  • Diplom;
  • Baholar;
  • Motivatsion xat;
  • Ingliz tili testi sertifikati. Batafsil
  1. Ariza va hujjatlarni admissions@wku.edu.cn elektron manziliga yuboring. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot bu yerda ko’rsatilgan.

Ma’lumot uchun admissions@wku.edu.cn elektron manziliga murojaat qiling. Wengzhou-Kean universiteti, undagi kurslar, kontrakt to’lovi va boshqalar haqida batafsil ma’lumot ushbu ma’lumotnomada keltirilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!