×

Universitas Teknologi Sumbawa: Indoneziyada bakalavr va magistratura uchun 100% grant, turar joy, stipendiya va bepul aviachiptalar


Grant

MUHLAT

18.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Indoneziya

O'QILGAN

2482 marta

Indoneziyada joylashgan Universitas Teknologi Sumbawa (UTS) universiteti tomonidan beriladigan Global Ambassador Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan bakalavr va magistratura kurslarida o’qish uchun beriladi. Barcha bakalavr va magistratura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga bakalavr kursi uchun 4 yil, magistratura uchun 2 yil o’qish to’lovidan ozod etiladi va unga turar joy va stipendiya beriladi. Indoneziyaga kelish va ketish uchun aviachiptalar ham olib beriladi.

Talablar:

  • Nomzod Indoneziya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod ham yuqori baholarga, ham darsdan tashqari yutuqlarga (olimpiadalar, sport, musiqa kabi) ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod ijtimoiy faol va yetakchilik sifatlariga ega shaxs bo’lishi zarur.
  • Nomzod bakalavr kursiga qabul qilinish uchun maktabni (litsey, kollej), magistraturaga qabul qilinish uchun bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza

Grantga ariza berish uchun kerakli hujjatlarni international.office@uts.ac.id  elektron manziliga 2020-yil 18-avgustgacha yuborish kerak. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza;
  • Motivatsion xat;
  • Bankdan ma’lumotnoma (bank statement);
  • Shaxsiy bayonot (personal statement);
  • Diplom va baholar;
  • Fotosurat;
  • Pasport nusxasi;
  • Tibbiy ma’lumotnoma;
  • Ingliz tili testi sertifikati;
  • Indoneziya tilida o’qishni xohlovchilar uchun shu til testi sertifikati.

Bank ma’lumotnomasi va tibbiy ma’lumotnomani grant yutib olgandan keyin topshirsa ham bo’ladi.

Ma’lumot uchun international.office@uts.ac.id elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!