×

University of Essex: MBA kurslari uchun 3 000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

15.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1077 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Essex tomonidan beriladigan MBA Early Bird Discount grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Essex universiteti MBA (biznes boshqaruvi bo’yicha magistratura) kurslariga mavsumning boshida qabul qilingan talabalarga beriladi. MBA kursi haqida ma’lumot

Grant kimlar uchun?

MBA kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 3 000 funt sterling grant beriladi. Grantlar 2021-yil yanvar oyida boshlanadigan MBA kurslari uchun beriladi. Kontrakt to’lovi 20 000 funt sterlingga teng. Kurs bir yil davom etadi.

Talablar:

  • Grantlar full-time ko’rinishidagi MBA kurslari uchun beriladi.
  • Bu grantni Essex MBA Dean’s Award granti bilan birgalikda olish mumkin, faqat  Essex MBA Dean’s Award granti kontraktning 50% dan kam qismini qoplashi kerak. Kontraktga 50% yoki undan ko’p chegirma qilinadigan grantni yutib olgan talabalar esa ikkala grantdan baravariga foydalana olmaydilar.
  • Grantni yutib olish uchun Essex universiteti MBA kursiga hujjat topshirish va o’qishga qabul qilinish kerak.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 6.5 sertifikatiga ega bo’lishi va testning har bir qismidan to’plagan balli 6.0 yoki undan yuqori bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun Essex universiteti MBA kursiga o’qishga hujjat topshirib, 2020-yil 31-oktyabrgacha talabalikka tavsiya etilish kerak. Buning uchun iloji boricha sentyabr oyida hujjat topshirish zarur. Hujjat topshirgan nomzod o’qishga qabul qilinsa, talabalikka taklif (admission offer) yuboriladi. Taklifni qabul qilgan talabalarga to’g’ridan-to’g’ri grant belgilanadi.

Essex universiteti MBA kurslariga arizalar bu yerda qabul qilinadi. Kurs va qabul jarayoni haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin. Kerakli hujjatlar ro’yxati bu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!