×

Global Excellence Scholarship: AQSH bakalavr kurslarida o’qish uchun 25 000 AQSh dollarigacha grantlar


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

982 marta

AQShda joylashgan Universit of Minnesota tomonidan beriladigan Global Excellence Scholarship grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Arizalar shu universiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladi. Minnesota universitetida o’qitiladigan barcha kurs yo’nalishlari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Hozirda Minnesota universitetida tibbiyot yo’nalishidan boshqa barcha yo’nalishlarga o’qishga hujjat topshirish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Global Excellence Scholarship grantini yutib olgan talabaga 25 000, 15 000 yoki 10 000AQSh dollari grant ajratiladi. Aynan qancha grant ajratilishi talabaning ko’rsatkichlariga bog’liq. O’qishini boshqa universitetdan Minnesota universitetiga ko’chirgan talabalarga 10 000 AQSh dollari grant ajratilishi mumkin.

Minnesota universiteti bakalavr kurslarida bir yillik kontakt to’lovi 31 616 AQSh dollarini tashkil etadi. Universitetning hisob-kitoblariga ko’ra, bir talabaning 1 yillik o’qish va yashash xarajatlari taxminan 56 000 AQSh dollari yoki undan ortiq bo’ladi. Batafsil

Talablar:

  • Nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan yoki tamomlayotgan bo’lishi va baholari juda yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida TOEFL 71 (yozma qismidan kamida 21ball) yoki IELTS 6.5 (yozma qismidan kamida 6.5 ball) sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Batafsil
  • Nomzod SAT yoki ACT testlaridan birini topshirishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza talab etilmaydi. Minnesota universiteti bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirsangiz kifoya. Arizalar 2020-yil 1-noyabrgacha bu yerda qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar

Minnesota universiteti bilan bog’lanish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!