AQShda joylashgan Minnesota universitetida o’qitiladigan doktorantura kurslari uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu kurslar psixologiya yo’nalishida bo’lib, odatda talabaar 4-6 yil ichida o’qishni tamomlashadi. Psixologiya doktorantura kursini tamomlagan tadqiqotchiga PhD ilmiy darajasi beriladi. Psixologiya PhD kurslarida psixologiyaning 7 yo’nalishi mavjud bo’lib, talaba ulardan birini tanlashi kerak bo’ladi.
Grant kimlar uchun?
Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Minnesota universitetining psixologiya bo’yicha PhD kurslariga qabul qilingan barcha talabalarga 5 yil o’qish uchun to’liq grant beriladi. Grant 5 yillik kontrakt to’lovini, tibbiy sug’urta xarajatlarini va 9 oylik stipendiyani o’z ichiga oladi.
Talablar:
- Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi va o’rtacha bahosi 4 ballik GPA tizimida kamida 3.0 yoki undan yuqori bo’lishi kerak.
- Nomzod psixologiyaga kirish va shu kabi boshlang’ich psixologiya kurslaridan tashqari va boshlang’ichdan keyingi darajadagi 3 yoki 4 ta psixologiya kurslarini o’qigan bo’lishi shart.
- Nomzod GRE testini topshirishi va natijalari yuqori bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil
Dasturga qabul jarayoni:
Barcha yo’nalishlardagi doktorantura kurslariga hujjatlar 2020-yil 1-dekabrgacha bu yerda qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar ro’yxati
Minnesota universitetining nufuzi va to’liq grantlari sababli kurslardagi o’rinlar uchun raqobat yuqori. 2019-yil hujjat topshirgan 452 nafar nomzoddan 24 nafari o’qishga qabul qilingan va ularning o’rtacha baholari 4 ballik tizimda 3.82 ni tashkil etgan. Batafsil
Ma’lumot uchun psych@umn.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.