AQShning Gavayi shtatida joylashgan East-West Centre markazi o’zining The POSCO Visiting Fellowship Program grant dasturi orqali siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohasida tadqiqot olib borishni rejalashtirayotgan yosh olimlarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Nomzodlar Koreya davlati siyosatiga oid zamonaviy muammolarga yechim bo’luvchi quyidagi mavzularning birida tadqiqot olib borishlari kerak bo’ladi:
- The two Koreas and Northeast Asia;
- Security issues for Korea and Northeast Asia;
- Economic and social issues in South Korea;
- Political challenges in Korea.
Grant kimlar uchun?
Yosh tadqiqotchi olimlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan nomzodlarga tadqiqot jarayonida oylik stipendiya va ikki tomonlama aviabilet taqdim etiladi.
Talablar:
Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:
- Nomzod o’zi tadqiqot olib borish niyatidagi mavzu yoki soha bo’yicha ilmiy maqolalar chop ettirgan bo’lishi va tadqiqot qilish tajribasiga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.
- Nomzod yuqori akademik ko’rsatkichlarga erishgan bo’lishi lozim.
- Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
Dasturga qabul jarayoni:
The POSCO Visiting Fellowship Program grant dasturiga ariza bu yerda elektron pochta orqali 2020-yilning 31-dekabridan kechikmasdan yuborilishi lozim. Ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlar ham taqdim etilishi lozim:
-
- To’ldirilgan ariza. Ariza namunasi bu yerdan yuklab olinadi.
- 3-5 betdan iborat ilmiy tadqiqot ishi uchun reja (Research Proposal)
- Nomzodning tadqiqotdan maqsadini ifodalovchi Cover Letter
- Akademik resume
- Taqdirlangan sertifikatlar
- 3 ta akademik tavsiyanoma.
- Pasport nusxasi
Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun EWCcontact@eastwestcenter.org elektron manziliga yoki 8089447111 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.