×

E4D Continuing Education scholarship: Shveytsariyada o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2445 marta

Shveytsariyada joylashgan tadqiqot instituti va oliy ta’lim muassasasi hisoblangan ETH Zurich universiteti tomonidan taqdim etiladigan E4D Continuing Education Scholarship Programme grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari uchun mo’ljallangan. Grantlar ETH Zurich’da o’qitiladigan Continuing Education kurslari uchun ajratilgan. Bu kurslar haqida batafsil bu yerda tanishing. 

Grant kimlar uchun?

Professional malaka oshirish kurslarida o'qishni xohlovchilar va 2 yillik stajga ega nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Grant yutib olgan talabaga umumiy qiymati 2 000 CHFdan oshmagan holda (2 195 AQSh dollari) borish va kelish aviachiptasi olib beriladi.
  • Viza xarajatlari qoplanadi.
  • O’qish davomida yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.
  • Talaba umumiy o’qish to’lovidan ozod etiladi (semestriga 660 CHFga teng – 724 AQSh dollari).

Talablar:

  • Nomzod magistratura diplomi va o’z sohasida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini kamida C1 darajasida bilishi zarur. Agar nomzod tanlagan continuing education kursi ingliz tilida emas, boshqa tilda o’qitilsa, shu tildan C1 darajasi talab etiladi.
  • Nomzod ETH Zurich continuing education kurslaridan biriga hujjat topshirishi zarur. Kurslar bu yerda ko’rsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

1-qadam. Continuing education kurslaridan biriga hujjat topshiring. Buning uchun bu yerdagi ro’yxatdan kerakli kursni tanlab oling. Eslatma: grantga hujjat topshirish uchun continuing education kursiga o’qishga kirganlik ma’lum bo’lgan bo’lishi zarur. Continuing education kurslariga hujjat topshirish muhlatlarini bilish uchun tanlangan kurs kordinatoriga murojaat qilish zarur. Kordinatorning kontakt ma’lumotlari kurs sahifasida ko’rsatiladi.

2-qadam. E4D grantiga ariza topshiring. Grantga arizalar 2020-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi. Bu vaqtga qadar kursga qabul qilinishingiz kerak. Batafsil

Kerakli hujjatlarni e4d@sl.ethz.ch manziliga bitta PDF hujjatga birlashtirgan holda yuboring: 

  • CV
  • Magistratura diplomi va baholari
  • 1-2 betli motivatsion xat
  • Ish joyidan tavsiyanomalar
  • Ish joyidan nomzodning shu yerda ishlashini tasdiqlovchi ma’lumotnoma 
  • C1 darajasiga teng TOEFL sertifikati.

 

Ma’lumot uchune4d@sl.ethz.ch eletkron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!