×

Samarqand turizm va servis texnikumi 2020-2021-oʻquv yilida barcha oʻquvchilarni davlat granti asosida qabul qiladi!


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

11050 marta

CHOP ETILGAN

18.09.2020

Taʼlim muassasasi Samarqand shahrida 2001-yilda Sartepo turizm va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan boʻlib, hozirda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti huzuridagi Samarqand turizm va servis texnikumi sifatida qayta tashkil etilgan.

Texnikum turizm, xizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlantirish va qandolatchilik sohasidagi mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Oʻzbekistondagi boshqa texnikumlardan farqli oʻlaroq, joriy yilda istisno sifatida barcha oʻquvchilarni 100% GRANT asosida qabul qilmoqda. Bundan tashqari, iqtidorli bitiruvchilar tegishli mutaxassisliklar yoʻnalishlari boʻyicha Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat asosida 2-bosqichdan oʻqishga kirishlari mumkin.

Samarqand turizm va servis texnikumi taʼlimning Technicum 4.0 (Education, Science, Innovation, Business) konsepsiyasi asosida ishlashga intiladi. Yaʼni, bizda taʼlim sifati, fan va ilmiy faollik, innovatsiyalar, kreativlik hamda startaplar qoʻllab-quvvatlanadi.

Bundan tashqari, texnikumda samarali xorijiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Talabalarning “Work&Travel” dasturlarida qatnashishlariga imkoniyat yaratiladi.

Texnikum 2020/2021-oʻquv yilida quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha qabul qiladi:

(A) 2 yillik yoʻnalishlar (ushbu yoʻnalishlarni tamomlab oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan boshlab taʼlimni davom ettirish mumkin):

  • Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish;
  • Turizm (tarmoqlar boʻyicha);
  • Servis va turizm;
  • Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil qilish;
  • Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari boʻyicha).

(B) 2 yilgacha boʻlgan yoʻnalishlar (amaliyotga asoslangan oʻquv dasturlari):

  • Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish;
  • Turizm;
  • Umumiy ovqatlanish korxonalari mutaxassisi;
  • Non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari texnologiyasi.

Qabul uchun quyidagi hujjatlar elektron ravishda topshiriladi:

  • 3×4 rasm
  • Diplom/Attestat nusxasi
  • Pasport nusxasi

Hujjatlarni onlayn tarzda quyidagi manzil orqali topshirish uchun mumkin: texnikum.edu.uz.

Texnikumga hujjatlar 2020-yilning 25-sentyabrigacha qabul qilinadi.

Qanday qilib onlayn hujjat topshirish haqidagi video bilan SHU YERDA tanishing.

*Texnikum mutaxassislari bitiruvchilarni ish bilan taʼminlashni kafolatlaydilar.

Manzil: Samarqand shahri, Sartepo maskani, Turkiston koʻchasi 12-uy

Murojaat uchun raqamlar:
+998 66 238 35 25
+998 90 181 20 34

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!