×

Filippin: Education SG, SDSC – Magistratura va doktorantura talabalari uchun 2 oylik stajirovka dasturi; oylik stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

07.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Filippin

O'QILGAN

1498 marta

Osiyo Taraqqiyot Banki Filippinning Manila shahrida joylashgan shtab-kvartirasi ijtimoiy fanlar, muhandislik va iqtisodiyotni rivojlantirish sohasi magistr va doktorantlarini Intern – Education SG, SDSC – 2109 stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzodlar Filippinning Manila shahrida joylashgan shtab-kvartirasi Sustainable Development and Climate Change Departmentda amaliyot oʻtaydi. Dastur 2021-yil yanvarda boshlanadi va 8 hafta davom etadi. Dasturning aniq sanasi tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi. Nomzod ayni vaqtda ijtimoiy fanlar, muhandislik yoki iqtisodiyotni rivojlantirish sohalari boʻyicha magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Amaliyot mavzusi: “Digital Platforms for Education and Training”.

Grant kimlar uchun?

Ijtimoiy fanlar, muhandislik va iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida oʻqiyotgan magistr va doktorantlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning xarajatlari uchun kunlik stipendiya beriladi. Avvalgi yilgi stipendiya hajmi kuniga 69 USD (oyiga taxminan 2 070 USD)ni tashkil etgan. Bu yilgi stipendiya hajmi ham shu miqdorni tashkil etishi kutilmoqda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod ADB a’zosi boʻlgan istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod ijtimoiy fanlar, muhandislik yoki iqtisodiyotni rivojlantirish sohalariga mos keladigan turdosh soha boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  3. Nomzod ijtimoiy fanlar, muhandislik yoki iqtisodiyotni rivojlantirish sohalari boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  5. Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  6. Nomzod ayni vaqtda ijtimoiy fanlar, muhandislik yoki iqtisodiyotni rivojlantirish sohalari boʻyicha magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2020-yil 7-oktabrgacha.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun avval ADB(ACES) saytidan roʻyxatdan oʻtish kerak.
  4. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, Apply for this Vacancy yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
  5. ““Attachments””ga soʻraglan hujjatlarni yuklang.
  6. Jarayonda biror savol yoki muammo tugʻilsa: shu yerga murojaat qiling.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi (taxminiy):

  • CV/resume.
  • Ayni vaqtda magistratura/PhD kursida oʻqiyotganlik haqida ma’lumotnoma.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Esse. Har bir savol boʻyicha 1500 tagacha soʻz hajmda esse yozib MS Word yoki PDF formatda tizimga joylaysiz. Esse mavzulari:
  1. Describe one example of your experience that demonstrated your interest in working in ADB.
  2. Highlight your qualifications that will help accomplish this internship assignment (e.g., coursework, research, work experience, etc.).
  • Shaxsiy ma’lumotlar soʻralishi mumkin.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot talab qilinishi mumkin.
  • Ish tajribasi haqida soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun:  shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!