×

Education for Sustainable Energy Development: istalgan davlatda magistratura kurslari uchun 21 000 AQSh dollarigacha grantlar


Grant

MUHLAT

08.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1782 marta

Global Sustainable Electricity Partnership tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan Education for Sustainable Energy Development (ESED) grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar rivojlanayotgan davlatlar fuqarolariga taqdim etiladi va dunyoning istalgan davlatida magistraturada o’qish imkonini beradi. Bunda grant yutib olgan talaba o’qishga kirgan universitet o’qish to’lovini to’lashda moliyaviy yordam ko’rsatilishi nazarda tutilgan. Grantlar barqaror energiyani rivojlantirish (sustainable energy development) yo’nalishidagi magistratura kurslarida o’qish uchun beriladi. Dastur doirasida 6-10 nafar talabaga grant belgilanadi.

Quyidagi va shunga yaqin sohalardagi magistratura kurslari uchun grant yutib olishingiz mumkin:

Zero-carbon energy, smart grids, electric transportation, energy storage, advanced electricity technologies, public policy, economics, law, political science.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori yiliga ko’pi bilan 21 000 AQSh dollarigacha bo’lishi mumkin. Grantni 1 yoki 2 yillik magistratura kursi uchun yutib olish mumkin. 2 yillik magistratura kurslari uchun grant har yili to’lab beriladi.

Talablar:

  • Grantga ariza berish vaqtida nomzod magistratura kursiga hujjat topshirgan bo’lishi kerak. Grantga ariza topshirilayotgan vaqtda magistraturaga qabul qilinganlik hali aniq bo’lmasa ham ariza topshirish mumkin, ammo qabul natijasini 18-apreldan avval ma’lum qilish shart. Aks holda ariza bekor qilinadi.
  • Nomzod 2021-yil kuzda boshlanadigan va ko’rsatilgan sohalarga mos yo’nalishdagi magistratura kursiga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod o’qish tamom bo’lgach, o’z yurtiga qaytishi zarur.
  • Magistraturada 1-kurs talabalari ham o’qishni ikkinchi yiliga grant olish uchun ariza topshirishlari mumkin.
  • Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi va baholar yuqori bo’lishi kerak (kamida tengdoshlari orasida eng yuqori baholarga ega 20% yoshlar qatorida bo’lish talab etiladi).
  • Nomzod jamoatchilik ishlari, o’qish va boshqalarda faol bo’lishi, barqaror energiya rivojiga ijobiy hissa qo’shishga bel bog’lagan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-22 o’quv yili uchun arizalar qabuli yanvar oyi boshida ochiladi va 8-martgacha qabul qilinadi. Bu vaqtgacha magistratura kurslariga hujjat topshirish va grantga ariza berishga tayyorgarlik ko’rish tavsiya etiladi.

Kerakli hujjatlar ro’yxati:

  • Pasport nusxasi;
  • CV;
  • Universitetga kirganlik haqida hujjat (18-aprelgacha yuborilishi kerak);
  • Hali o’qishga kirgani ma’lum bo’lmagan nomzodlar ariza topshirilganligini ko’rsatuvchi ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak;
  • 1-kurs talabalari talabalik haqidagi ma’lumotnoma ham jo’natishlari kerak;
  • Diplom va baholar
  • Tavsiya beruvchi shaxslarning kontakt ma’lumotlari;
  • Hujjat topshirilgan, qabul qilingan yoki boshlangan kurs dasturi haqida ma’lumotnoma (fanlar va boshqalar haqida). Barcha hujjatlar haqida batafsil bu yerda o’qing.

Savollaringiz bo’lsa, ko’p so’ralgan savollar va ularga berilgan javoblar bilan bu yerda tanishib chiqing. Murojaat uchun: scholarship@globalelectricity.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!