×

Avancez Scholarship: Shvetsiyada magistratura kurslari uchun 75% grant!


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

1524 marta

Shvetsiyada joylashgan Chalmers University tomonidan taqdim etiladigan Avancez Scholarships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Chalmers Universitetiga qabul qilingan xorijlik talabalarga magistratura kurslarida o’qish uchun beriladi. Kurslar ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant berilgan talaba kontrakt to’lovining 75% qismini to’lashdan ozod etiladi, faqat 25% qismini to’lashi kerak bo’ladi. Birinchi kursda yuqori baholarga o’qigan talabalarga 85% chegirma qilinadi. Kontrakt qancha?

Talablar:

Nomzod:

  • Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Iqtisodiy Hududidan bo’lmasligi;
  • Bakalavr diplomi bo’lishi;
  • Baholari yuqori bo’lishi (grant shu asosda belgilanadi);
  • Chalmers Universiteti magistratura kursiga hujjat topshirishi;
  • Hujjat topshirgan sohasi va bakalavr kursi sohasi mos bo’lishi (bu talab etilmagan kurslar bundan mustasno);
  • Turli akademik va darsdan tashqari yutuqlari bo’lishi (grant shu asosda belgilanadi);
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Til bilish darajasiga talablarni kerakli kurs sahifalaridan bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Avvaliga magistratura kurslariga ariza topshiriladi. Magistratura kurslariga hujjat topshirgach, grantga ariza beriladi. 2020-21 o’quv yili uchun grantlarga arizalar qabul hozir yopilgan. 2021-22 o’quv yiliga qabul qish oylarida qayta ochiladi va arizalar 15-yanvargacha qabul qilinadi.. Bu vaqtga qadar magistratura kurslariga hujjat topshirish tavsiya etiladi.

Magistraturaga hujjat topshirish jarayoni:

  1. Kurs tanlang.
  2. Hujjat topshirish sanalarini yodda tuting: 2021-yil kuzgi magistratura kurslariga qabul 16-oktyabr-15-yanvar oralig’ida bo’ladi. Taxminan 100 AQSh dollari ariza to’lovi mavjud.
  3. Bu yerda yoki bu yerda magistraturaga ariza to’ldiring.
  4. Kerakli hujjatlarni yuklab, ariza to’lovini amalga oshiring. Bitta ariza bilan 4 tagacha kursga hujjat topshirish mumkin. Ularni afzal ko’rish darajangizga asosan 1 dan 4 gacha joylashtirishingiz kerak. Batafsil

Kerakli hujjatlar:

  • Baholar va diplom;
  • CV;
  • Til sertifikati;
  • (Zarur bo’lsa) portfolio;
  • Pasport nusxasi;
  • Motivatsion insho;
  • Ish stajini ko’rsatuvchi ma’lumotnoma (ixtiyoriy);
  • Tavsiyanoma. Batafsil

Ma’lumot uchun: www.chalmers.se, +46 (0)31-772 10 00, a.pucolowska@gmail.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!