Bu universitetga qabul yanvar oyida nihoyasiga yetgan. Ammo, ma’lum dasturlar uchun qabul qaytadam ochilgan va mart oyi oxirigacha davom etadi. Qabul ochiq kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.
Xitoyda joylashgan Tsinghua Universitetida o’qish uchun taqdim etiladigan Chinese Government Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr, magistratura va doktorantura kurslariga o’qishga kirgan xorijlik talabalar uchun ajratilgan. Kurslar ro’yxati
Shuningdek, grantni tadqiqot qilish uchun ham yutib olish mumkin. Bunda oliy ma’lumotga ega tadqiqotchilarga Tsinghua universitetida tadqiqot olib borishlari uchun mablag’ ajratiladi.
Eslatma: Tsinghua Universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblanadi. Bu universitet QS jahon universitetlari reytingida 15-o’rinni egallagan.
Grant kimlar uchun?
Barcha kurslarda o'qish va tadqiqot qilishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantlar 2 xil miqdorda bo’lishi mumkin:
- To’liq grant: o’qish to’lovi, yotoqxona va stipendiya bilan ta’minlaydi.
- Qisman grant: o’qish to’lovi, yotoqxona yoki stipendiyadan bittasi yoki bir nechtasini o’z ichiga oladi. Grant miqdori nomzodning darajasiga asosan belgilanadi.
Talablar:
- Bakalavr kurslariga qabul uchun: maktab/kollej/litseyni tamomlaganlik talab qilinadi.
- Magistratura uchun: bakalavr kursini tamomlaganlik talab qilinadi.
- Doktorantura uchun: magistraturani tamomlaganlik talab qilinadi.
- Barcha bosqichlar uchun yuqori baholar talab qilinadi.
- Nomzod o’zi hujjat topshirgan kursning ichki talablariga mos bo’lishi kerak. Masalan san’at kabi yo’nalishlarda nomzodning qobiliyat darajasiga alohida talablar bo’ladi. Boshqa kurslarda ham shunga o’xshash, faqat shu kursga oid talablar bo’lishi mumkin. Batafsil ma’lumot kurs sahifalarida ko’rsatilgan.
- Nomzod ingliz yoki xitoy tilini yaxshi bilishi kerak. Tanlangan kurs qaysi tilda bo’lsa, shu tildan sertifikat talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun alohida hujjat topshirilmaydi. Bu yerdan biror kurs tanlab, u haqida batafsil ma’lumot berilgan sahifaga kirish talab etiladi. Ariza berishda taxminan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Ariza
- Diplom va baholar
- Til sertifikati
- Pasport nusxasi
- Motivatsion insho
- Tavsiyanoma.
Ariza qabul qilinish muddatlari bir-biridan farq qiladi va kursga qarab 12-31-martgacha davom etadi.
Hujjatlar bu yerda topshiriladi; hujjat topshirish jarayoni ham shu yerda ko’rsatilgan.
Murojaat:
Magistratura va doktorantura kurslari uchun: finaid@tsinghua.edu.cn
Bakalavr kurslari uchun: leexr@tsinghua.edu.cn