Shveytsariyada har yili avgust oyida bo’lib o’tadigan xalqaro kinofilmlar festivali – The Locarno Film Festival uchun posterlar tanlovi e’lon qilindi. Tanlov ishtirokchilari festival ruhi va mazmunini o’zida aks ettirgan poster tayyorlashlari kerak.
Locarno film festivali 2021-yil 4-14 avgust kunlari bo’lib o’tadi. Dunyodagi eng yirik xalqaro festivallardan biri hisoblangan ushbu tadbirda 8 000 nafarga yaqin kuzatuvchi ishtirok etadi.
2021-yilgi festivalning ramzi sifatida qoplon tanlangan. Festivalning maqsadi esa turli qarashlar va uslubga ega ijodkorlarni birlashtirish. Festival uchun tayyorlangan posterlar ham aynan shuni o’zida aks ettirishi talab etiladi.
Grant kimlar uchun?
Barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov g’olibi, ya’ni festival uchun eng yaxshi poster tayyorlagan ijodkorga 5 000 CHF (taxminan 5 465 AQSh dollari) pul mukofoti beriladi.
Talablar:
- Posterda festival ramzi bo’lgan qoplon va festivalning umumiy mazmuni ochib berilishi kerak.
- Poster original bo’lishi zarur.
- Posterda festival hamkorlarining logotiplari tushirilishi uchun maxsus belgilangan qismlar bo’lishi zarur. Bu yerda bu haqida batafsil o’qing.
- Tanlovda istalgan yoshdagi professional va havaskor ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
- Poster istalgan usulda (chizish, kompyuterda ishlash, va hkz.) tayyorlanishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovda ishtirok etish uchun postercontest@locarnofestival.ch elektron manziliga 1-dekabrgacha quyidagi hujjatlarni yuboring:
Kerakli hujjatlar:
- Tarjimai hol
- Posterga izoh
- Poster (A2 formatida)
- Posterning turli boshqa formatlardagi muqobillari
- Posterning ishlatilishi ko’rsatib berilgan namunalar (masalan, ijtimoiy tarmoqlarda qanday e’lon qilinishi)
- Tanlov shartlariga rozilik berilgani haqida tilxat.
Tanlov posterning Lokarno kinofestivali xususiyatlariga mosligi, shuningdek o’ziga xosligi va ko’p qirraliligi asosida amalga oshiriladi. 1 dekabr kuni e’lon qilinadigan hakamlar hay’ati turli formatlarda va raqamli platformalarda (veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar, ilovalar) ishlab chiqilishi mumkin bo’lgan g’oyalarni, shuningdek an’anaviy ishlarni (merchandayzing, rasmiy nashrlarning muqovalari, varaqalar) qo’llab-quvvatlaydi.
Ma’lumot uchun: postercontest@locarnofestival.ch