Germaniyaning Institut für Auslandsbeziehungen tashkiloti tomonidan tashkil etilgan CCP Fellowships dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur dunyoning 40 ta davlatidan bo’lgan mutaxassislarga Germaniya va dasturga hamkor hisoblangan boshqa davlatlarda stajirovka (amaliyot) o’tash imkoni beradi.
Dastur davomida amaliyotchilar tajriba orttirish va madaniyatlararo ko’nikmalarni yaxshilashlari mumkin. O’z navbatida, qabul qiluvchi tashkilotlar CCP amaliyotchilarining tajribalari, mintaqaviy bilimlari va yordamlaridan foydalanadilar. Amaliyotdan so’ng o’z yurtlariga qaytgan ishtirokchilar chet elda orttirilgan tajribalarini ish faoliyatlarida qo’llaydilar.
Amaliyot 2-3 oy davom etadi. Hozirda quyidagi davlatlarda amaliyot o’tash imkoni mavjud:
Jazoir, Armaniston, Ozarbayjon, Bahrayn, Bangladesh, Belorussiya, Boliviya, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Kuba, Misr, Gruziya, Germaniya, Gvatemala, Gaiti, Indoneziya, Eron, Iroq, Iordaniya, Qozog’iston, Quvayt, Qirg’iziston, Livan, Liviya, Malayziya, Mavritaniya, Meksika, Marokash, Ummon, Pokiston, Falastin hududi, Qatar, Moldova Respublikasi, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Sudan, Tojikiston, Tunis, Ukraina, Birlashgan Arab Amirliklari, O’zbekiston.
Dasturda fuqarolik jamiyati tashkilotlarida quyidagi sohalarda ishlayotgan yoki ko’ngilli sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin:
- Siyosat va jamiyat
- Media va madaniyat
- Inson huquqlari va tinchlik
- Barqaror rivojlanish.
Grant kimlar uchun?
2 yil ish tajribasiga ega mutaxassislar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilingan mutaxassislarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- 559 yevro oylik stipendiya
- Borish-kelish chiptasi
- Turar joy
- Ma’lum hudud uchun transportdan bepul foydalanish imkoniyati
- Viza xarajatlari uchun mablag’
- Tibbiy sug’urta.
Talablar:
- Nomzod 23-45 yoshda bo’lishi;
- Ingliz tilini yaxshi bilishi;
- O’z yurtida joylashgan fuqarolik jamiyati tashkilotlaridan birida kamida 2 yil ishlagan bo’lishi;
- Chet davlatda qolish uchun salomatligi yaxshi holda bo’lishi shart.
Agar nomzod quyidagi talablarga ham javob bersa, qabul qilinish ehtimoli baland bo’ladi:
- Ijtimoiy faol bo’lishi;
- O’z sohasida ish tajribasiga ega bo’lishi;
- Boshqa tillarni bilishi (masalan, nemis tili);
- O’zi ketishni rejalashtirayotgan davlatdagi tashkilot bilan hamkorlik qilish uchun kelishuvga erishgan bo’lishi yoki shuning arafasida bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 15-dekabrgacha bu yerda qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
- CV
- Fotosurat (ixtiyoriy).
Hujjat topshirgan barcha nomzodlarga hujjatlarning qabul qilingani haqida tasdiqlov xabari yuboriladi. Suhbat uchun saralab olingan nomzodlar Germaniya elchixonasiga suhbatga chaqiriladilar. Dasturga qabul qilinganlarga ham, qabul qilinmaganlarga ham bu haqida ma’lumot yuboriladi.
Murojaat uchun:
Anne Marie Kruse
Charlottenplatz 17
D-70173 Stuttgart
Telefon: +49.711.2225.156
Email: crossculture(at)ifa.de
Qo’shimcha ma’lumot uchun bu yerga bosing.