×

Illinois Wesleyan University: AQSh bakalavr kurslarida bepul o’qish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

15.02.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

7355 marta

AQShning Illinois shtatida joylashgan Illinois Wesleyan University oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchi nomzodlarga President’s Scholarship grantini taqdim etadi. Grantlar xorijlik talabalarga ularning akademik yutuqlar, qiziqishlar va iqtidori asosida istalgan bakalavriat kursida tahsil olish uchun ajratiladi. Illinois Wesleyan University oliygohida o’qitiladigan bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

President’s Scholarship dasturi doirasida 2 nafar talabaga to’liq grant ajratilgan. 

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan 2 nafar talaba talaba kontrakt to’lovidan butunlay ozod etilib, 4 yil bepul o’qish huquqini qo’lga kiritadi. 

Talablar:

Nomzod uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod maktab/litsey/kollejni tamomlagan bo’lishi yoki universitetda oʻqish boshlanguncha tamomlashi kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim. Kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80 yoxud Duolingo English Test 105 talab etiladi.
  • Nomzod Illinois Wesleyan University bakalavrlik kurslaridan biriga qabul qilinishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Bakalavr kurslariga 2021-yil 15-fevralgacha ariza topshirgan barcha nomzodlar grant uchun talabgor sifatida ko’rib chiqiladi. Hozirda 2022-yil boshlanadigan bakalavriat kurslariga hujjatlar qabul qilinmoqda.

Xalqaro talabalar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim    :

  1. IWU Application yoki Common Application ariza shakli toʻldiriladi.
  2. Oʻquvchining oxirgi 3 yilda olingan baholari. Baholar ingliz tilida boʻlmasa, ingliz tiliga tarjima qilinishi va notarial tasdiqlanishi lozim. Tavsiyanoma yuqoridag tilga olingan onlayn ariza shakliga yuklanadi.
  3. Ingliz tili malakasi sertifikati. IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80 yoxud Duolingo English Test 105 sertifikati talab etiladi.
  4. Insho.
  5. 1 ta tavsiyanoma. Bu tavsiyanomani oʻquvchining ingliz tilida oʻqib tushunish, gapirish va tinglash qobiliyatini baholay oladigan oʻqituvchi berishi kerak va tavsiyanoma ingliz tilida boʻlishi kerak.
  6. Oilaviy moliyaviy holat haqidagi bayonot toʻldirib topshirilishi kerak.
  7. Pasport nusxasi. Pasport nusxasi .jpg yoki .pdf formatda international@iwu.edu elektron pochta manziliga yuborilishi lozim. Hali pasport olmaganlar pasporti yoʻqligi haqida universitetni ogohlantirishi kerak, bu arizaning koʻrib chiqishiga xalal bermaydi.
  8. SAT yoki ACT testi natijalari topshirilishi yoki ularning oʻrniga shaxsiy intervyu topshirilishi kerak.

Baholar, ingliz tili malakasi sertifikati va ACT / SAT sertifikatlari maktab (litsey/kollej) hamda test olgan taskilotlarning oʻzi tomonidan international@iwu.edu elekton manziliga yuborilishi kerak.

San’at yo’nalishlaridagi kurslarga hujjat topshirish uchun nomzod ijodidan namunalar ham talab qilinadi. Hujjat topshirish bepul (ariza toʻlovi undirilmaydi).

Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil BU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!