×

Leica Street Photo fotosuratlar tanlovi: mukofot – 5000 AQSh dollarilik fotoapparat


Grant

MUHLAT

16.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1572 marta

Professional va havaskor suratkashlar uchun 10 yildan buyon o’tkazib kelinadigan Leica Street Photo suratkashlik tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga ko’chalar, jamoat joylaridagi hayotni aks ettirgan fotosuratlar qabul qilinadi. Street photography janri haqida batafsil

Tanlovda o’tgan yillarda g’olib deb topilgan suratlar galereyasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning asosiy g’olibiga taxminan 5000 AQSh dollari qiymatiga ega Leica Q2 fotoaoparati topshiriladi. Tanlovga topshirilgan suratlar ichidan 20 ta eng yaxshi surat Polshaning Varshava shahrida o’tkaziladigan  6×7 Leica Gallery namoyish qilinadi. Eng yaxshi surat mualliflariga pul mukofotlari beriladi. 

Talablar:

  • Tanlovda barcha yoshdagi va barcha darajadagi suratkashlar ishtirok etishlari mumkin. Voyaga yetmagan ishtirokchilar ota-onalari roziligini olishlari kerak bo’ladi.
  • Bitta ishtirokchi 5 tagacha fotosurat topshirishi mumkin.
  • Tanlovga topshirilgan surat JPG formatida, uzun tomoni 2000 pikseldan kam bo’lmagan, yuqori sifatli bo’lishi kerak. Tanlovda g’olib chiqqan suratlarning yuqori sifatli asl nusxalari keyinchalik jo’natiladi (uzun tomoni 50 sm. bo’lgan o’lchamda ko’rgazma uchun chop etish uchun).
  • Fotosuratda ko’rsatilgan shaxslar suratning tanlovga topshirilishiga rozilik bergan bo’lishi kerak. Bu masalada yuzaga kelishi mumkin da’volar uchun suratkashning o’zi javobgar bo’ladi.
  • Tanlovga faqat kattalar uchun mo’ljallangan yoki omma oldida targ’ib qilish ta’qiqlangan mahsulot, voqea va obyektlar aks etgan suratlar qabul qilinmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 16-dekabrgacha ariza topshirish kerak. Arizalar bu yerda topshiriladi. Natijalar 12-dekabrda email orqali e’lon qilinadi. 

Murojaat uchun: academia@leica-gallery.pl

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!