×

IMMANA Fellowships: doktoranturadan keyingi tadqiqot uchun 40 800 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1028 marta

Agrosanoat, oziq-ovqat va sog’liqni saqlash sohalarini rivojlantirish hamda shu sohalarda yuqori sifatli tadqiqot ishlarini jadallashtirish maqsadida tashkil etilgan Career development Fellowships on Innovative Methods and Metrics for Agriculture and Nutrition Actions (IMMANA Fellowships) tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur doktorantura kursini tamomlagan va ko’rsatilgan sohalarda postdoktorlik (doktoranturadan keyingi) tadqiqot olib borish niyatidagi tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan. Dasturga sohaga ilmiy yangiliklar kiritgan, yuqori ilmiy yutuqlarga erishgan va soha rivojiga katta hissa qo’shishi mumkin olimlar qabul qilinadi.

Dastur doirasida 6 nafar tadqiqotchiga 12 oylik grant beriladi. Dastur ishtirokchisi rivojlanayotgan davlatlarda agrosanoat, sog’liqni saqlash va oziq-ovqat sohalarida tadqiqot olib borayotgan bo’lishi lozim. Dasturga qabul qilingach, tadqiqotchi Osiyo yoki Afrika hududlarida ikkita ilmiy rahbar bilan tadqiqot olib boradi. Ilmiy rahbarlardan biri tadqiqotchi ilgari o’qigan yoki tadqiqot olib borgan muassasadan, ikkinchisi esa nomzod tanlagan hududda tadqiqotga mezbonlik qilayotgan muassasadan tayinlanadi. Grantlar 2021-yil 1-iyun va 1-dekabrdan boshlab o’tkazilishi mumkin bo’lgan tadqiqotlar uchun beriladi. Grant berilgan tadqiqotchilar ham shu muddat oralig’ida tadqiqotlarini boshlab, 12 oy ichida yakunlashlari kerak bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura bosqichini tamomlagan tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilarga 12 oy davomida stipendiya beriladi va safar xarajatlari qoplanadi. Tadqiqotchining ilmiy rahbariga ham mukofot puli belgilanadi. 

  • Stipendiya: bir yil uchun 40 800 funt sterling. 4 ga bo’lib to’lab beriladi.
  • Tadqiqotga oid boshqa xarajatlar uchun 9000 funt sterling qo’shimcha mablag’.
  • Har bir ilmiy rahbarga 2100 funt sterling mukofot puli. Ikkiga bo’lib to’lab beriladi. 

Talablar:

  • Nomzod agrosanoat, oziq-ovqat va sog’liqni saqlash yo’nalishlariga oid doktorantura kursini tamomlagan va hozirda shu sohalarda tadqiqot olib borayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ko’rsatilgan mavzularda yuqori sifatli tadqiqot olib borishi va grant berilgan 1 yillik muddat ichida nufuzli jurnallarda maqolalar e’lon qilishi kerak bo’ladi. Grantlar shu vazifalarni a’lo darajada bajarish potensiali yuqori nomzodlarga beriladi. 
  • Nomzod oziq-ovqat va sog’liqni saqlash sifatini oshirish uchun samarali oziq-ovqat va agrosanoat tizimlarini yaratishda yangicha usullarni qo’llash ustida tadqiqot olib borishi kerak.
  • Nomzod o’zi tadqiqot olib boradigan hududda foydalaniladigan va tadqiqot uchun zaruriy tilni yaxshi bilishi zarur. Dasturga ariza ingliz tilida topshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga arizalar 2020-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi. Arizalar bu yerda topshiriladi. 31-dekabrgacha hujjat topshirishda Osiyo yoki Afrikada olib borilishi reja qilingan tadqiqot taklifi qisqacha bayon qilinishi kerak. Tadqiqot taklifi/rejasining to’liq shakli 1-fevralgacha topshirilishi zarur. Dasturga yuborilgan arizalar ko’rib chiqilgach, grant belgilangan tadqiqotchilar ro’yxati 16-aprelgacha e’lon qilinadi. 

Hujjat topshirish vaqtida nomzod tadqiqot mavzusi, ikki nafar ilmiy rahbar hamda tadqiqotga mezbonlik qiluvchi tadqiqot muassasasini topgan va kelishuvga erishilgan bo’lishi zarur. Kerakli hujjatlar:

  • Nomzod haqida ma’lumot
  • CV
  • Tadqiqot mavzusi/rejasi
  • Uchta tavsiyanoma.

IMMANA tadqiqot dasturi haqida batafsil ma’lumot olish uchun 30-noyabrda o’tkaziladigan informatsion vebinarga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. 30-oktyabrda o’tkazilgan vebinar ham yozib olingan va bu yerda tomosha qilish mumkin. Grant nizomi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. 

Murojaat uchun: immanafellowships@tufts.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!