Daniyada joylashgan Aarhus universiteti tomonidan taqdim etiladigan AIAS-COFUND II Marie Skłodowska-Curie Fellowships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur barcha davlatlardan bo’lgan va barcha sohalarda tadqiqot ishlari olib borayotgan tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan.
Dastur doirasida ikki xil grant mavjud:
AIAS-COFUND Junior Fellowships – 2-10 yil tadqiqot tajribasiga ega tadqiqotchilar uchun. 12-36 oy tadqiqot uchun grant beriladi.
AIAS-COFUND Senior Fellowships – 10 yildan ortiq tadqiqot tajribasiga ega bo’lgan tadqiqotchilar uchun. 6-18 oy tadqiqot uchun grant beriladi
Dasturga 15ga yaqin tadqiqotchi qabul qilinadi.
Grant kimlar uchun?
PhD darajasini olgan va shundan keyin kamida 2 yillik tadqiqot tajribasiga ega tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilingan tadqiqotchiga oylik maosh (stipendiya) va tadqiqot xarajatlari uchun mablag’ beriladi. Daniyaga borish uchun aviachipta, viza, foydalanish uchun kompyuter, o’quv qurollari, Aarhus universitetiga ko’chib o’tish xarajatlari ham qoplab beriladi.
Aynan qancha miqdorda moliyaviy yordam berilishi nomzodning ilmiy yutuqlari, postdoktorlik tadqiqot tajribasi kabi omillarga bog’liq. Aarhus universitetida foydali va innovatsion tadqiqotlar olib boriladi va dasturga qabul qilingan tadqiqotchi shu tadqiqot muhitida 6 oydan 3 yilgacha izlanishi mumkin bo’ladi.
Talablar:
- Nomzod PhD darajasi olinganidan keyin kamida 2 yil tadqiqot tajribasiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod oxirgi 3 yil ichida Daniyada ish, o’qish yuzasidan 12 oydan uzoq muddat yashamagan bo’lishi kerak.
- Grantlar barcha mavzularda tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilarga beriladi. Grant yutib olish uchun nomzod kuchli bilim, tadqiqot mavzusi, tajribasi va ilmiy yutuqlarga ega bo’lishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2021-yil 15- yanvargacha bu yerda qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar:
- CV
- PhD diplomi
- Chop etilgan maqolalar ro’yxati
- Tadqiqot xarajatlari haqida ma’lumot
- “Ethical Issues form”
Undan tashqari, tavsiyanoma va tadqiqot mavzusiga oid fotosurat kabi boshqa, qo’shimcha hujjatlarni ham jo’natish mumkin.
Natijalar iyun oyida e’lon qilinadi. Grant yutgan tadqiqotchilar Aarhus universitetida 2021-yil oktyabr yoki 2022-yil fevral oyida tadqiqot boshlaydi. Murojaat uchun helle@aias.au.dk manziliga ingliz tilida E-mail yuboring. Savollaringiz bo’lsa bu yerga bosing. Grant nizomi bu yerda.