×

APU Tuition Reduction Scholarship: Yaponiyada bakalavr kurslari uchun to’liq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

23.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

7040 marta

Yaponiyada joylashgan Asia Pacific University (APU) oliygohi tomonidan taqdim etiladigan Tuition Reduction Scolarship grantiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant universitetning bakalavr bosqichida ta’lim olishdagi 4 yillik kontrakt to’lovini to’liq yoki qisman qoplab beradi. Dunyoning barcha davlatlar fuqarolari grantni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega. APU universitetida mavjud bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan talabalarga bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun 4 yil mobaynida to’lanishi kerak bo’lgan kontrakt to’lovining  30%, 50%, 65%, 80% yoki 100%  miqdori qoplab beriladi. Kontrakt va yotoqxona to’lovlari haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing. Grantni har yili olish uchun talabaning baholari pasayib ketmasligi kerak.

Grant yashash xarajatlari va kontrakt to’lovidan tashqari to’lovlarni o’z ichiga olmaydi. 

Talablar:

  • Grantni qo’lga kiritish uchun nomzod maktab/kollej/litseyni tamomlagan, baholari yuqori bo’lishi zarur. 11 yillik maktabni tamomlaganlar ham hujjat topshirishlari mumkin. 
  • Nomzod Asia Pacific universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Oldingi tugallagan ta’lim muassasasidagi baholari (maktab, kollej/litsey) yuqori bo’lishi kerak.
  • Grant uchun nomzoddan yapon tili yoki ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi til sertifikati talab etiladi. Qabul uchun ingliz tili bo’yicha kamida IELTS 6, TOEFL iBt 75, TOEIC L&R 750, Cambridge English Language Assessment 169, PTE Academic 50 yoki EIKEN Grade Pre-1-daraja sertifikatlaridan biri zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. Bakalavr uchun onlayn ariza topshirish paytida “APU Tuition Reduction Scolarship granti uchun ariza topshirish” degan qismiga “Ha” deb javob berish talab etiladi. Arizani bu yerda boshlang. Hujjat topshirish vaqtida ariza to’lovi amalga oshiriladi. To’lov miqdori kredit karta orqali to’lansa 5500 yen (taxminan 51 AQSH dollari), bank o’tkazmasi orqali to’lansa 7000 yeb (taxminan 64 AQSh dollari)ni tashkil qiladi.

Hujjat topshirish vaqtida kerakli hujjatlar avvaliga onlayn topshirilib, keyinchalik notarial tasdiqlangan nusxalari qog’oz nusxada yuboriladi.

APU universitetiga hujjatlar yiliga 4-5 marta qabul qilinadi va har bir qabulning oʻz muhlati bor. Hozirda ariza topshirish mumkin boʻlgan eng oxirgi muddat 2022-yil 10-fevrladan boshlanib, 2022-yil 23-martda yakunlanadi (2022-yil sentabrda oʻqishni boshlash uchun). Biroq undan oldin ham bir qancha qabul muddatlari bor, ular bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Kerakli hujjatlar

  • To’ldirilgan ariza.
  • Education history -Boshlang’ich maktabdan boshlab eng so’nggi tugallagan ta’lim muassasasining xronologik tartibini ko’rsatuvchi hujjat. 11 yillik ta’lim tizimiga ega mamlakat fuqarolari bo’lgan arizachilar hujjat topshirishidan avval universitetning qabul bo’limi bilan maslahatlashishi talab etiladi.
  • Maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi baholari bilan
  • Til sertifikati
  • Motivatsiya inshosi
  • Tavsiyanoma
  • Oxirgi3 oy ichida olingan, oq fondagi fotosurat
  • Pasport nusxasi. Agar avval Yaponiyada bo’lgan bo’lsangiz, pasportingizning Yaponiyaga kirish va chiqish shtampi urilgan sahifasi ham ko’rsatilgan holatda yuklanishi kerak.
  • Ariza uchun to’lov to’langanlik qog’ozi. Bu faqat bank o’tkazmasi orqali to’lov to’langan holatda talab qilinadi.

Qabul jarayoni

Grant uchun ariza topshirganlar hujjat topshirish bosqichidan oʻtgandan keyin qabul komissiyasi aʼzolari bilan video suhbat qiladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtganlarga grant ajratiladi.

Savollaringiz bo’lsa, bu yerdagi bakalavr kurslari haqida savollar uchun maxsus shaklni to’ldirib, jo’nating.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!