Janubiy Koreyada joylashgan eng nufuzli universitetlardan biri – Seoul National University universitetining Global MBA magistratura kurslariga arizalar qabuli mart oyida boshlanadi. Global MBA kursi 2021-yil kuzda boshlanib, 12 oy davom etadi va to’liq ingliz tilida bo’ladi. Kursga istalgan sohada bakalavr diplomiga ega bo’lgan nomzodlar qabul qilinadi. 2021-22 o’quv yilida jami 100 nafar talaba o’qishga qabul qilinadi. Talabalardan necha nafariga grant belgilanishi noma’lum.
MBA kursi haqida batafsil bu yerda tanishing.
Grant kimlar uchun?
Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Global MBA kursi uchun grantlar ham mavjud. O’qishga ariza topshirish vaqtida grantga ham ariza beriladi. Grant miqdori ariza natijalari bilan birga e’lon qilinadi. Grant haqida batafsil bu yerda tanishing. Talabalar universitet yotoqxonasiga oyiga 200 AQSh dollari to’lov asosida joylashishlari mumkin.
Global MBA kursi kontrakt to’lovi taxminan 40 000 AQSh dollarini tashkil etadi va 4 ga bo’lib to’lanadi.
Talablar:
- Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak (yoki 2021-yil yozda olishi kerak). Diplom istalgan yo’nalishda bo’lishi mumkin.
- Nomzodning o’zi va ota-onasi koreys millatiga mansub bo’lmasligi kerak.
- Dasturga ariza berish uchun ish tajribasi (staji) majburiy emas.
- Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 6,5, TOEFL IBT 94 yoki TOEIC 825 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
- GMAT/GRE testini topshirish ixtiyoriy, lekin tavsiya qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza magistratura kursiga arizaga qo’shib topshiriladi.
Birinchi qadam. Onlayn ariza to’ldiring. Ariza 2021-yil 2-mart kuni ochilib, 19-mart kuni yopiladi. Bu vaqtgacha barcha hujjatlarni tayyorlab qo’ying.
Ikkinchi qadam. Hujjatlarning qog’ozga chop etilgan, rasmiy kuchga ega (notarial tasdiqlangan yoki mas’ul muassasa muhri bosilgan) nusxasini pochta orqali yuboring. Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi kerak.
Hujjatlar Seul universitetiga 2021-yil 22-martgacha yetib borishi kerak. Agar onlayn ariza va hujjatlarning qog’ozdagi nusxasi vaqtida topshirilmasa, ariza ko’rib chiqilmaydi. 2-martdan 22-martgacha hujjatlar yetib borishi uchun tezkor pochta/kuryer xizmatlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Hujjatlar quyidagi manzilga yuborilishi kerak:
MBA office(Admission)
Graduate School of Business, Seoul National University 59-1-dong, Room 104
1 Gwanak-ro, Gwanak-gu, Seoul 08826 Korea Rep.
Tel: 02-880-2551(Korean), 02-880-2591(English)
Qanday hujjatlarni qog’oz nusxada yuborish kerak?
- Magistraturaga ariza. Onlayn ariza to’ldirganingizdan keyin kiritilgan ma’lumotlar jamlangan ariza shaklini yuklab olish mumkin bo’ladi. Shu shaklni qog’ozga chop etib, yuboring.
- Bakalavr diplomi va baholar varag’i. 2021-yil avgustgacha o’qishni tamomlayotgan talabalar faqat shu kungacha olingan baholar varag’ini topshirishlari mumkin.
- Grantga ariza.
- 2 ta tavsiyanoma.
- “Personal statement and career plan”.
- Ingliz tili testi sertifikati.
- TOPIK sertifikati (ixtiyoriy, topshirmasa ham bo’ladi).
- GMAT yoki GRE testi sertifikati (ixtiyoriy, lekin yuborilsa yaxshiroq bo’ladi).
- Rezyume (CV).
- Agar nomzodning kontraktini ma’lum kompaniya to’lab bersa, shu haqida hujjat.
- Hujjatlar tekshirib chiqilishiga rozilik haqida hujjat.
Murojaat: mba@snu.ac.kr.