×

BIOPHAM: Farmasevtika va biofarmasevtika boʻyicha magistratura kursi uchun Erasmus Mundus’dan to’liq grant, 1000 yevro oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

20.02.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

4605 marta

Nufuzli Erasmus Mundus qo’shma magistratura dasturlaridan biri – BIOPHAM dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu farmatsevtika va biofarmasevstika sohasida yuqori salohiyatli kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan 2 yillik magistrlik dasturidir.

Magistratura kursiga qabul qilingan talabalar 2 yil davomida Fransiyada joylashgan University of Lille, Italiyada joylashgan University of Pisa, Polshada joylashgan University of Silesia in Katowice va Ispaniyada joylashgan Polytechnic University of Catalunya universitetlaridan kamida 2, ko’pi bilan 3 tasida ta’lim oladi.

Mazkur magistrlik dasturiga 2022-yil 18-fevralgacha arza topshirganlar avtomatk ravishda Erasmus Mundus Joint Master Degree (EMJMD) grantiga ham ariza topshirgan hisoblanadi va shu grant uchun nomzod sifatida koʻrib chiqiladi.

Grant ajratish quyidagi 2 kategoriya asosida amalga oshiriladi:

  • Dastur davlatlaridan (program countries) boʻlgan fuqarolar uchun grant. Bunday davlatlarga Yevropa Ittifoqi tarkibidagi 27 ta davlat hamda Birlashgan Qirollik, Makedoniya, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Turkiya va Serbiya kiradi.
  • Hamkor davlatlardan (partner countries) boʻlgan fuqarolar uchun grnt. Bunday davlatlarga yuqorida sanalgan davlatlardan boshqa barcha mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham kiradi.

Dasturga qabul qilinganlar 2023-yil sentabr oyidan oʻqishni boshlaydi.

Grant kimlar uchun?

Moddashunoslik va formatsevtika bo’yicha magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

2 yillik magistratura kursining bir yillik kontrakt to’lovi 9 000 yevroni tashkil qiladi. 

Ushbu grantni yutib olgan Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi iqtisodiy imtiyozga ega boʻladi:

  • 2 yillik kontrakt toʻliq qoplanadi.
  • Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro beriladi.
  • 24 oy davomida oyiga 1000 yevro stipendiya beriladi.
  • Dastur boshlanishida joylashib olish xarajatlari uchun bir marta 1000 yevro beriladi.

Talablar:

Dasturga topshirmoqchi boʻlganlarga talablar quyidagilardan iborat:

Akademik talablar: Nomzodlar kamida bakalavrlik ilmiy darajasiga ega boʻlishi yoki oʻqish boshlangunga qadar bu darajani qoʻlga kiritishi lozim. Bakalavrlik darajasini fizika, kimyo, fizika-kimyo, moddashunoslik yoki nanofanlar sohasida olganlarga ustunlik beriladi. Farmasevtika fanlari yoki hayot haqidagi fanlar (life sciences) kabi aloqador sohalarda bakalavrlik darajasiga ega boʻlgan hamda oʻzlashtirish darajasi (baholari) aʼlo boʻlgan nomzodlarning arizalari ham koʻrib chiqiladi. Biroq bunday nomzodlar kimyo va/yoki fizika fanida kuchli koʻrsatkichlar hamda taʼlim olganlik tajribasiga ega boʻlishi kerak.

Til malakasi: Barcha fanlar ingliz tilida oʻqitiladi. Shu sababli, nomzodlar ingliz tilini kamida B2 darajada bilishini isbotlovchi sertifikat topshirishi lozim (kamida IELTS 6.5, TOEFL iBT 90 va h.k.). Kollej, litsey, maktab yoki universitetda darslar toʻliq ingliz tilida boʻlgan boʻlsa, nomzod xalqaro til sertifikatlarini topshirishdan ozod etiladi.

Yuqoridagi talablar nisbatan umumiy keltirilgan. Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga saralash jarayoni haqida maʼlumotni bu yerdan topasiz.

Dasturga qabul jarayoni:

Erasmus grantiga alohida ariza topshirilmaydi. BIOPHAM magistratura dasturiga 2023-yil 20-fevralgacha ariza topshirgan nomzodlar avtomatik tarzda grantga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi. 20-fevraldan keyin topshirilgan arizalar faqat kontrakt asosida o’qish uchun ko’rib chiqiladi. Arizalar qabuli 2022-yil 14-noyabrdan boshlanadi. Arizani boshlash uchun bu yerga bosing.

Onlayn ariza toʻldirish jarayonida quyidagi hujjatlar PDF formatda yuklanishi kerak:

  • Bakalavr diplomi. Agar oxirgi kursda oʻqiyotgan boʻlsangiz, universitetingiz tomonidan berilgan bakalavriatda oʻqiyotganingiz va diplomni taxminan qachon olishingiz koʻrsatilgan maʼlumotnoma topshiriladi. Diplom yoki maʼlumotnoma ingliz tilida boʻlishi yoki ingliz tilidagi tarjimasi bilan topshirilishi kerak.
  • Diplom ilovasi (baholari). Baholar hujjatida (transcripts) bakalavriatda olingan barcha baholar va baholash shkalasi koʻrsatilishi kerak. Shuningdek, baholar hujjatida talabaning reytingi (ranking) boʻlmasa, universitetdan talabaning oʻzi oʻqiydigan kursdagi reytingi haqidagi xat ham topshirilishi kerak. Bu xat qanday boʻlishi haqida tasavvurga ega boʻlmaganlar MANA BU namunani koʻrib olishlari mumkin, lekin bu namuna yuqori maktab (high school) oʻquvchisi uchun berilgan. Siz mazmunan shu shakldagi xatni universitetdan olishingiz kerak boʻladi.
  • Ingliz tili sertifikati (kamida IELTS 6.5, TOEFL iBT 90 va h.k.).
  • CV. CV formati qanday boʻlishi kerakligini BU YERDAN koʻrishingiz mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Hozirda aniq yashayotgan joyi haqida maʼlumotnoma. Bu hujjat nima ekani va qaysi tashkilot/organlar tomonidan berilishi mumkinligi haqida BU YERDA maʼlumot berilgan (Important Notice).
  • Ikkita tavsiyanoma. Tasviyanomalar formati (shakli) qanday boʻlishi boʻyicha BU YERDA namuna keltirilgan.
  • Declaration of honor hujjati.
  • Oʻzingiz arizaga aloqador deb hisoblagan boshqa hujjatlar (ish, amaliyot joyidan sertifikatlar va h.k.).

Hujjatlar ingliz tilida tayyorlanishi, rasmiy hujjatlar ingliz tiliga rasman tarjima qilinishi kerak. Hujjatlar haqida BU YERDA batafsil tanishing.

Murojaat uchun: master-biopham@univ-lille.fr

Erasmus Mundus toʻliq grantlaridan birini yutib olgan Oʻzbekistonlik talabaning motivatsiya inshosini BU YERDA oʻqing (obuna boʻlish talab etiladi).

Erasmus Mundus grantlaridan birini yutib olgan yana bir Oʻzbekistonlik talabaning hujjatlari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin (obuna boʻlish talab etilmaydi).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!