×

Abel Visiting Scholar Program: matematikadan PhD diplomiga ega mutaxassislar uchun istalgan davlatda 1 oylik postdoktorlik tadqiqoti granti – barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

30.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1393 marta

The International Mathematical Union tomonidan taqdim etiladigan Abel Visiting Scholar Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur rivojlanayotgan davlatlarda faoliyat yuritayotgan, matematika sohasida PhD darajasiga ega bo’lgan, PhD diplomini olganiga hali ko’p vaqt bo’lmagan yosh olimlar uchun mo’ljallangan.

Dastur PhD tadqiqotchilariga o’zlari tanlagan muassasaga tashrif buyurib, 1 oygacha bo’lgan muddat davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi. Bu olimga o’zi xohlagan xorijiy davlatlarida boshqa olimlar bilan ko’rishish va birga faoliyat yuritishiga yordam beradi. Hujjat topshirgan nomzodlar orasidan eng sifatli va o’z davlati yoki muassasasiga eng ko’p foydasi tegishi mumkin bo’lgan tadqiqot loyihalari egasiga grant ajratiladi. Dastur bo’yicha bir yilda 3 nafargacha ishtirokchiga grant beriladi.

Hozir 2021-yil sentyabr va dekabr oralig’idagi vaqtda tadqiqot qilish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Grant kimlar uchun?

Matematika bo’yicha doktoranturani tamomlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tadqiqotchiga 1 oyga 5 000 AQSh dollarigacha mablag’ ajratiladi. Bu miqdor yo’l, viza xarajatlari, stipendiya (miqdori yashash joyidan kelib chiqib belgilanadi), turar joy va boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Batafsil

Agar tadqiqot 1 oydan cho’zilib ketsa, grant berilgan 1 oydan keyingi xarajatlar uchun tadqiqotchining o’zi mas’ul bo’ladi.

Talablar:

  • Dastur tashkilotchilari dasturga xotin-qizlar hujjat topshirishini qo’llab-quvvatlaydi.
  • Nomzod matematika bo’yicha PhD darajasiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod 35 yoshdan oshmagan bo’lishi zarur. Agar nomzodning karyera qilish vaqtida jiddiy sabablarga ko’ra uzilish bo’lgan bo’lsa, 35 yoshga oid qoida 3 yilga uzaytirilishi mumkin. Bu arizada ko’rsatilishi kerak.
  • Nomzod oliy ta’lim muassasasi yoki tadqiqot muassasasida tadqiqotchi yoki o’qituvchi bo’lishi kerak.
  • Nomzod hali to’liq professional unvonga ega bo’lmasligi, faqat hozirda biror muassasa bilan ish shartnomasiga ega bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berishdan avval tadqiqot olib borish reja qilingan muassasa bilan kelishib, muassasa roziligi va taklifnomasini olish zarur.

Dasturga yil davomida ariza berish mumkin. 2021-yil 1-sentyabrdan 31-dekabrgacha bo’lgan muddat oralig’idagi istalgan 1 oylik tadqiqot uchun 30-aprelgacha hujjat topshirish kerak – bu eng yaqin dedlayn.

Keyingi qabul sanalari:

  • 2022-yil 1-yanvardan 30-aprelgacha muddatdagi istalgan 1 oy tadqiqot uchun 2021-yil 31-avgustgacha ariza beriladi.
  • 2022-yil 1-maydan 31-avgustgacha vaqt oralig’idagi 1 oy tadqiqot uchun 2021-yil 31-dekabrgacha ariza topshiriladi.

Arizani bu yerda boshlang. Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni ingliz tilida tayyorlab, bitta PDF hujjat ko’rinishida birlashtiring. Onlayn arizada barcha hujjatlarni jamlagan shu bitta PDF ilova qilinadi.

  1. 3 betgacha hajmdagi CV.
  2. Tadqiqot tashrifi (research visit) rejasi.
  3. Tadqiqot maqsadida tashrif buyuriladigan muassasadan nomzodga taklifnoma.
  4. 1 ta tavsiyanoma. Tavsiyanoma nomzod tadqiqot uchun tashrif buyuradigan muassasa tomonidan berilishi kerak. Agar buning iloji bo’lmasa, mezbon muassasadan nomzod tayyorlagan tadqiqot rejasini tasdiqlashi to’g’risida ma’lumotnoma olinishi va shu ma’lumotnoma topshirilishi kerak.
  5. PhD diplomi.
  6. Nomzodning ish joyidan ma’lumotnoma.
  7. Tadqiqot uchun kerakli mablag’ hisob-kitoblari.
  8. Nomzodning fotosurati. Grant yutsangiz, shu surat dastur veb saytida e’lon qilinadi, shuning uchun yuqori sifatli va keng ommaga namoyish qilishga mos surat topshiring.
  9. Agar 1 oydan uzoqroq qolish niyatida bo’lsangiz, 1 oydan keyingi xarajatlarni qoplashga yetarli mablag’ingiz borligini tasdiqlovchi hujjatni ham kiriting.

Murojaat uchun: cdc.grants@mathunion.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!