Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlar va televideniyeda energiyani tejash va energiya samaradorligi mavzusini yoritish boʻyicha “Save Energy” tanlovini eʼlon qildi.
Tanlovning maqsadi va vazifalari:
- Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarida energiyani tejash va energiya samaradorligi mavzusini ochiq, oʻziga xos va obyektiv tarzda yoritish;
- jamoatchilik orasida energiyani tejash mavzusini tabiiy resurslar saqlanishini taʼminlash, uy xoʻjaliklari byudjetini oqilona yuritish uchun energiyadan samarali foydalanishning muhim tarkibiy qismlardan biri sifatida talqin qilish;
- aholining eʼtiborini energiya manbalariga qaratish va ularga nisbatan tejamkorlik madaniyatini oshirish, aholida mazkur masalada faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish.
Tanlovga taqdim etilgan materiallarni baholash mezonlari:
4.1. Tanlovga taqdim etilayotgan materiallar mazmuni, xolisligi hamda energiyani tejash va energiya samaradorligi mavzusiga mualliflik yondashuvi bilan ajralib turishi lozim. Ifoda usuli keng ommaga tushunarli boʻlishi kerak.
4.2 Tanlov materiallarida Tashkilotchilar logotiplaridan foydalanish olqishlanadi.
4.3. Tanlovga yuboriladigan materiallar oʻzbek va rus tillarida qabul qilinadi.
4.4. Ishlar quyidagi nominatsiyalardan biriga taqdim etilishi mumkin:
- Eng yaxshi ijtimoiy rolik
- Eng yaxshi ijtimoiy banner
- Eng yaxshi maqola
TANLOVDA ISHTIROK ETISH UCHUN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI:
http://minenergy.uz/uz veb-saytida mazkur Reglament matni, shuningdek Konkurs materiallari bilan tanishib chiqish;
Ishtirokchi videorolik tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirishi, @minenergy.uz sahifasini belgilab, #saveenergy.uz xeshtegi bilan uni oʻz internet-resursi rasmiy saytida eʼlon qilishi lozim. Shuningdek u rolikni Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining press@minenergy.uz elektron manziliga yuborishi kerak.
Rolik energiyani tejash mavzusining dolzarbligi, aholi va korxonalar tomonidan energiyadan oqilona foydalanishga targʻib qilish mavzusini ochib berishi lozim. Rolik ssenariysi muallifga tegishli boʻlishi lozim. Roliklar syujeti motivatsion xarakterga ega boʻlishi, energiyadan samarali foydalanishni yoritishi va unga daʼvat etishi lozim. Videorolik davomiyligi 1 daqiqagacha. Uni eʼlon qilish muddati 2021-yil 15-aprelgacha.
Ishtirokchi banner yoki poster tayyorlab, uni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, @minenergy.uz sahifasini belgilab, #saveenergy.uz xeshtegi bilan uni oʻz rasmiy internet-resursida yoki shaharning banner lavhalarida joylashtirishi lozim. Banner energiya tejash mavzusi dolzarbligini ochib berishi, aholi va korporativ subyektlar tomonidan energiyadan oqilona foydalanishga daʼvat qilishi kerak. Banner dizayni muallifga tegishli boʻlishi lozim. Uni eʼlon qilish muddati 2021-yil 15-aprelgacha.
Ishtirokchi 3000 ta belgi (oraliqsiz)dan oshmagan maqola tayyorlashi, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirishi, @minenergy.uz sahifasini belgilab, #saveenergy.uz xeshtegi bilan uni oʻz rasmiy internet-resursida eʼlon qilishi kerak. Matn muallifga tegishli boʻlishi, koʻchirilmagan boʻlishi, energiya tejash mavzusi dolzarbligini ochib berishi, aholi va korporativ subyektlar tomonidan energiyadan oqilona foydalanishga daʼvat qilishi, motivatsion xarakterga ega boʻlishi kerak. Eʼlon qilish muddati 2021-yil 15-aprelgacha.
Ishtirokchilar anketa toʻldirishi va oʻz media-materialiga havolani koʻrsatishi lozim. Toʻldirilgan anketani press@minenergy.uz elektron manziliga yuborish joiz.
Tashkilotchilar Tanlovda ishtirok etish uchun yuborilgan ishlardan keyinchalik oʻz faoliyatida foydalanish huquqini saqlab qoladi. Anketani toʻldirishda Ishtirokchilar ularning ishlaridan keyinchalik foydalanishlariga rozi ekanliklarini tasdiqlaydi.
Gʻoliblarni eʼlon qilish Energetika forumi-2021 doirasida yoki Tanlov tashkilotchilari bilan kelishgan holda boshqa tadbirda eʼlon qilinadi.
Tanlov shartlarini buzgan holda topshiriqni bajargan, topshiriqni bajarib, anketa yubormagan Ishtirokchi Tanlovdan chiqib ketadi.
GʻOLIBLARNI ANIQLASH. TANLOV SOVRININI OLISH SHARTLARI VA TARTIBI
Ishtirokchilar ishlari tanlash komissiyasi tomonidan baholanadi. Eng yaxshi ishlar Tanlov komissiyasi koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.
Tanlov yakuniga koʻra ishlari tanlov komissiyasi tomonidan eng yaxshi deb topilgan 3 nafar gʻolib aniqlanadi.
Tanlov gʻoliblari Bosh homiy “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MCHJ sovgʻalariga ega boʻladi:
- “Eng yaxshi ijtimoiy rolik” nominatsiyasidagi sovrin — 20 mln. soʻm.
- “Eng yaxshi ijtimoiy banner” nominatsiyasidagi sovrin — 15 mln. soʻm
- “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi sovrin — 10 mln. soʻm.
Tanlov natijalariga doir axborot Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi saytida joylashtiriladi.
Tanlov Reglamenti bilan BU YERDA tanishing.