×

Master of Science in Sustainability programme: Yaponiyada ingliz tilida magistratura uchun to’liq grantlar!


Grant

MUHLAT

12.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2068 marta

Yaponiyada joylashgan United National University universitetida o’qitiladigan Master of Science in Sustainability programme magistratura kursi va kurs uchun beriladigan to’liq grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturda tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlarni jamlagan holda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo’llari, shu sohaga oid fanlar o’qitiladi. Kurs 2 yil Yaponiyada to’liq ingliz tilida bo’ladi. Dasturga yaqinda o’qishni tamomlaganlar, shuningdek, ish tajribasiga ega yoki tadqiqot olib borayotgan, oliy ma’lumotli mutaxassislar qabul qilinadi.

Dasturda o’qitiladigan fanlar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

O’qish uchun kontrakt to’lovi yiliga 10 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Tokio shahrida 2 yil o’qish va yashash uchun umumiy taxminan 56 000 AQSh dollariga yaqin mablag’ kerak bo’ladi.

O’qish va yashash xarajatlarini moliyalashtirish uchun bir qancha grant dasturlari  mavjud.

Japan Foundation for UNU (JFUNU) grantlari

  • Talaba kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadi.
  • Talabaga 24 oy davomida yashash xarajatlari uchun har oy 120 000 yen (1 125 AQSh dollari) stipendiya
  • Lekin sug’urta, yo’l va viza xarajatlarini talaba o’z yonidan qoplashi kerak bo’ladi.

Grantlar avval magistratura kursida o’qigan talabalarga berilmaydi.

 

UNU Rector’s Scholarship grantlari

  • Bu grantni yutib olgan talabaning kontrakti grant beruvchi tashkilot tomonidan qoplab beriladi.
  • Talabaga yashash xarajatlari uchun har oy 130 000 yen (1 219 AQSh dollari) stipendiya
  • Talabaning Yaponiyaga kelish va qaytib ketish uchun ketadigan yo’l xarajatlari qoplab beriladi.

 

Resona Bank Scholarship grantlari

  • Bu grantni yutib olgan talabaning kontrakti grant beruvchi tashkilot tomonidan qoplab beriladi.
  • Talabaga yashash xarajatlari uchun har oy 130 000 yen (1 219 AQSh dollari) stipendiya
  • Talabaning Yaponiyaga kelish va qaytib ketish uchun ketadigan yo’l xarajatlari (260 000 yendan (2 439 AQSh dollaridan) oshmagan holda) qoplab beriladi.

 

Asian Development Bank–Japan Scholarship Program (ADB–JSP) grantlari

  • Bu grantni yutib olgan talabaning kontrakt, sug’urta, darslik va o’qishga oid boshqa xarajatlari qoplab beriladi.
  • Talabaga aviachiptalar olib beriladi.
  • Har oy taxminan 147 000 (1 379 AQSh dollari) yen stipendiya beriladi. Bu stipendiya turar joy va yashash xarajatlari uchun sarflanadi.
  • Bu grant berilish uchun alohida talablar mavjud. Nomzod 35 yoshdan oshmagan, ilgari o’z yurtidan boshqa davlatlarda o’qimagan, kamida 2 yillik to’liq ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.

Yuqorida sanab o’tilgan bunda boshqa grant dasturlari uchun alohida hujjatlar topshirish talab etilmaydi. Lekin ADB-JSP granti uchun quyidagi hujjatlar qo’shimcha tarzda topshirilishi kerak bo’ladi:

  1. ADB-JSP Information Sheet
  2. Nomzodning yillik daromadi haqida hujjat
  3. Nomzodning oila a’zolarining yillik daromadi haqida hujjat
  4. 2 yillik ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat.

Sanab o’tilgan grant dasturlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun bu yerga bosing.

Talablar:

  • Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 7,0, TOEFL IBT 100 yoki TOEFL PBT 600 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
  • Ilgari magistratura kursida o’qigan talabalar bu magistratura kursiga qabul qilinishi mumkin, lekin ularga grant belgilanmaydi.
  • Nomzod BMT faoliyatiga va barqaror taraqqiyot strategiyalariga chuqur qiziqish bildirishi, kelajakda xalqaro tashkilot va sohalarda faoliyat yuritishga intilishi kerak.
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak. 2021-yil sentyabrgacha diplom olishi kutilayotgan bitiruvchi kurs talabalari ham hujjat topshirishlari mumkin.
  • Nomzodning baholari kamida (100 dan) 70% bo’lishi kerak. Baholari yuqori va darsdan tashqari yutuqlari ko’p bo’lgan nomzodlarga grant berilish ehtimoli ham nisbatan balandroq bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Magistratura kursiga hujjat topshirgan barcha nomzodlarning arizalari grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 12-mart. Hujjatlarni bu yerda topshirishingiz mumkin. Hujjat topshirish uchun hujjat topshirish yo’riqnomasidan foydalanishingiz mumkin.

Dastur haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda ham tanishishingiz mumkin. Murojaat uchun bu yerga bosing. Savollaringiz bo’lsa, ko’p so’ralgan savollar va ularga berilgan javoblar sahifasidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!