×

Kooshk Artist Residency Award: Tasviriy, amaliy, film va musiqa ijodkorlari uchun Tehronda 1 oylik dastur; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Eron

O'QILGAN

1520 marta

Eronning Tehron shahrida joylashgan Kooshk tashkiloti tomonidan tashkil qilingan rezidensiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Kooshk Artist Residency Award rezidensiya dasturi tasviriy, amaliy san’at, video, musiqa ijodkorlari uchun mo’ljallangan. Dastur Tehronning madaniy hududlarida rassomlarni, ijodkorlikni va yangi g’oyalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida o’tkazib kelinadi.

Dastur 2021-yil noyabr oyida Tehron shahrida 1 oy davomida bo’lib o’tadi. Bu vaqt mobaynida 4 nafar chet ellik ishtirokchi Tehrondagi ijodkorlar bilan tanishish, fikr almashish va ijod qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Tasviriy, amaliy, film va musiqa ijodkorlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Rezidensiya vaqtida ishtirokchining turar joy, oziq-ovqat va yo’l (aviachipta) xarajatlari qoplab beriladi. Ishtirokchiga 200 AQSh dollari stipendiya beriladi.

Talablar:

  • Dasturga o’zi tanlagan san’at yo’nalishida yuqori mahoratga ega bo’lgan ijodkorlar saralab olinadi.
  • Arizalar nomzodning ish namunalari, CV va insholari, rezidensiya taklifi (proposal) ning innovatsiya darajasi, ingliz tili darajasi va rezidensiyada olib borilishi taklif etilgan ishlarning (proposal) Kooshk rezidensiya dasturi maqsadlariga muvofiqligi asosida saralanadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar onlayn tarzda 31-martgacha qabul qilinadi. Arizani bu yerda boshlashingiz mumkin. Hujjat topshirish vaqtida 20 AQSh dollari ariza to’lovi to’lash kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. CV
  2. Motivatsiya inshosi
  3. Ijodkorlik inshosi (artist statement)
  4. Shaxsiy ma’lumotlar
  5. Rezidensiyada olib boriladigan ishlar taklifi (proposal)
  6. Ish namunalari.

Dastur tashkilotchilari bilan bog’lanish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!