×

TechWomen: Xotin-qizlar uchun AQSHda 5 haftalik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

07.01.2025

QOLGAN VAQT

16 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

15288 marta

TechWoman – STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics) sohalaridagi yetakchi ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasida aloqa oʻrnatish va ularga koʻmaklashish maqsadida AQSH davlat departamentining Taʼlim va madaniy masalalar byurosi tomonidan tashkil etilgan dasturdir. Dastur ayol-qizlarga oʻz karyerasini rivojlantirish, orzulari tomon intilish va oʻz jamiyatlarida ayollar hamda qizlar uchun manuna boʻlish imkoniyatini beradi.

Mazkur dastur AQSHning San-Fransisko va Vashington shaharlarida 5 hafta davom etadigan shaxsiy rivojlanish dasturlari hamda mashgʻulotlarini oʻz ichiga oladi. Ishtirokchilar Silikon vodiysi kompaniyalarining ekspertlari bilan malaka oshiradi va mentorlik loyihasida ishtirok etadi.

Hozirda TechWomenʼning 2025-yilning sentabr-oktabr oylarida boʻlib oʻtadigan navbatdagi dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Odatda dastur uchun tegishli davlatlardan (Oʻzbekiston ham shu davlatlar ichida bor) jami 108 tagacha ishtirokchi qabul qilinadi.

Nomzodlar ariza topshirishda quyidagi yoʻnalishlardan birini (oʻziga eng mosini) tanlashi kerak boʻladi:

  • Biotechnology and health
  • Green technology and sustainability
  • Information technology and communications
  • Science and engineering

Grant kimlar uchun?

Ayol-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi iqitisodiy imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • AQSHga borish va vatanga qaytish uchun aviachiptalar xarajati qoplanadi.
  • San-Fransiskodan Vashingtonga safar qilish uchun aviachiptalar xarajati qoplanadi.
  • San-Fransisko va boshqa shaharlardagi (mezbon kompaniya qayerda joylashganiga qarab) mentorlik dasturi davomida bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
  • Oziq-ovqat va qoʻshimcha mahsulotlar bilan taʼminlanadi.
  • Vashingtonda qolish davrida mehmonxona xarajatlari qoplanadi.
  • Mezbon kompaniyalarga tashrif buyurishdagi transport xarajatlari qoplanadi.
  • San-Fransisko va Vashingtondagi turli jamoaviy tadbirlarga borishda transport xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Dasturga STEM (science, technology, engineering and math) sohasida kamida 2 yillik toʻliq stavkali ish tajribasiga ega ayol-qizlar topshira oladi. Amaliyot va boshqa haq toʻlanmaydigan ish tajribasi 2 yillik kasbiy ish tajribasini hisoblashga inobatga olinmaydi.
  • Kamida bakalavrlik darajasiga ega boʻlish lozim.
  • Nomzodning yozma va ogʻzaki ingliz tilisi ravon boʻlishi kerak.
  • Nomzod tegishli davlatlardan birining fuqarosi boʻlib, oʻsha yerda doimiy yashayotgan boʻlishi kerak (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston bu davlatlar roʻyxatida bor).
  • AQSHga J-1 almashinuv vizasini olish talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Oxirgi 5 yil ichida AQSH immigratsiya vizasiga ariza topshirmagan boʻlishi kerak (grin karta bundan mustasno).
  • AQSH fuqaroligi yoki doimiy rezidenti maqomiga ega boʻlmaslik kerak.

Nogironligi bor ayol-qizlar ham topshira oladi va ularning mazkur dasturga ariza topshirishi alohida ragʻbatlantiriladi (talablarga mos boʻlishi kerak).

Nomzodga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga qabul jarayoni quyidagicha boʻladi:

  • 2025-yilning 7-yanvariga qadar BU YERDA hisob (account) ochib, kerakli maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etish orqali roʻyxatdan oʻtiladi.
  • 2025-yilning aprel oyida ariza topshirish bosqichidan oʻtganlarga xabar qilinadi va intervyuga taklif etiladi (intervyu nomzod yashaydigan davlatda boʻladi).
  • Yakuniy natijalar 2025-yil may oyida eʼlon qilinadi.
  • 2025-yilning sentabr-oktabr oylarida AQSHda TechWomen dasturi boʻlib oʻtadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturga qabul talablari, koʻp beriladigan savollar va rasmiy saytdagi boshqa maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!