Polshaning NAWA agentligi va Polsha tashqi ishlar vazirligi hamkorlikda Polsha polyak yoki ingliz tilida magistratura bosqichi hamda tayyorlov kursida oʻqishni xohlovchilar uchun grant dasturini eʼlon qildi. Dastur rivojlanayotgan davlatlar fuqorolariga Polshada toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyatini beradi.
Mazkur dasturga quyidagi magistrlik yoʻnalishlari boʻyicha ariza topshirish mumkin:
- engineering and technical sciences
- agricultural sciences
- natural sciences
- humanities and social sciences (philological studies yoʻnalishi bundan mustasno)
Grant kimlar uchun?
Magistratura yoki tayyorlov kursida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Polshadagi davlat universitetlariga kirganlar kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi. Xususiy universitetlar nomzodni kontraktdan ozoq qilish yoki qilmaslik masalasini oʻzlari hal qiladi.
- Tayyorlov kursiga qabul qilinganlarga 1700 PLN (taxminan 462 AQSH dollari) miqdorida oylik stipendiya.
- Magistratura kursiga qabul qilinganlarga 1500 PLN (taxminan 408 dollar) miqdorida oylik stipendiya.
- Shuningdek, 1-oy va oxirgi oy stipendiyasiga qoʻshimcha 500 PLN (taxminan 136 dollar) qoʻshib beriladi.
Talablar:
Nozmod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Tegishli davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi lozim (Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolari topshira oladi).
- Polsha fuqarosi boʻlmasligi yoki Polsha fuqaroligiga ariza topshirmagan boʻlishi lozim.
- 2021-2022-oʻquv yilida Polshada tayyorlov kursi yoki magistraturada oʻqishni boshlashni rejalashtirayotgan boʻlishi lozim. Bunda nomzod universitetni oʻzi tanlab, unga alohida hujjat topshradi.
- Magistrlik darajasiga ega boʻlmasligi lozim.
- Polyak tilini kamida B1 darajada yoki ingliz tilini kamida B2 (IELTS 5.5) darajada bilishi lozim. Buni til sertifikatlar bilan isbotlash talab etiladi. Tan olinadigan ingliz tili sertifikatlari haqida BU YERDA toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin.
- Nomzod yuqorida sanalgan yoʻnalishlardan birida bakalavrlik bosqichining oxirgi kursida oʻqiyotgan boʻlishi yoki shu yoʻnalishlarda 2019-yil yoki undan keyin olingan bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi lozim.
Talablar bilan toʻliq BU YERDA tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturiga hujjatlar BU YERDA onlayn tarzda 2021-yilning 21-iyuniga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun dastlab hisob (akkaunt) ochish kerak.
Shuningdek, nomzod Polshadagi biror universitetning yuqoridagi yoʻnalishlar booʻyicha magistratura kursi yoki tayyorlov kursiga hujjat topshirib, qabul qilingan boʻlishi / qabul qilinishi kerak.
Grant dasturiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
- Nomzodning fuqaroligini tasdiqlovchi yaroqli pasport nusxasi.
- Bakalavrlik diplomi nusxasi va diplom ilovasi (baholar). Agar nomzod bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan boʻlsa, hozirgacha olgan baholarini koʻrsatilgan maʼlumotnomani topshiradi. Maʼlumotnoma quyidagilarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim:
a) nomzodning toʻliq ismi;
b) baholarining oʻrtachasi haqidagi maʼlumot;
c) barcha oʻtilgan fanlar va ulardan olingan baholar;
d) maʼlumotni berayotgan universitet nomi;
e) universitet muhri.
Ushbu hujjat modelini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin. - Ingliz yoki polyak tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (polyak tili – minimum B1 daraja; ingliz tili – minimum B2 daraja). Qabul qilinadigan ingliz tili sertifikatlari roʻyxtani BU YERDAN topasiz. Bakalavriatni toʻliq ingliz tilida oʻqiganlikni isbotlovchi hujjatga ega boʻlganlar til sertifkati oʻrniga oʻsha hujjatni topshirishi mumkin.
- Universitet yoki Polsha diplomatik vakolatxonasi yoki nohukumat tashkilotdan tavsiyanoma. Tavsiyanoma ingliz yoki polyak tilida yozilishi mumkin.
Barcha hujjatlar ingliz yoki polyak tilida boʻlishi lozim.
Natijalar 2021-yilning 31-avgustida eʼlon qilinadi.
MUHIM: Ariza topshirish harakatini boshlashdan oldin grantning rasmiy eʼloni va yoʻriqnomasi bilan tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin (9:00 dan 16:00 gacha):
Email: banach@nawa.gov.pl
Tel: 22 390 35 21 yoki 22 390 35 7