×

Malayziya: Diplom va sertifikat taqdim qiluvchi kurslar uchun 50% gacha grantlar


Grant

MUHLAT

31.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

2949 marta

Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida joylashgan Mahsa Avenue International College oliygohi mahalliy va chet ellik talabalarga Haji Abdullah Academic Excellence Scholarship  grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu dastur universitetning barcha yoʻnalishdagi diplom va sertifikat taqdim qiluvchi dastur/kurslariga qabul qilingan talabalar uchun moʻljallangan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli, lekin moliyaviy imkoniyati cheklangan, kam taʼminlangan oiladan boʻlgan talabalarni ragʻbatlantirish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Oliygohga qabul yiliga 3 marta boʻladi va barcha qabullarda nomzodlarga ushbu grant taklif etiladi. Grantga qabul muddatlari quyidagicha:

  • 30-aprel
  • 31-iyul
  • 31-oktyabr

Diplom taqdim etuvchi kurslarda oʻqish 2,5 yil, sertifikat taqdim etuvchi kurslarda esa 1,5 yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Diplom yoki sertifikat taqdim qiluvchi kurslarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talaba kontrakt toʻlovining 50% gacha qismi qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dastur barcha mamlakat fuqarolari uchun ochiq (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq).
  2. Nomzod oʻzi hujjat topshirgan dastur/kurs talablariga javob berishi kerak.
  3. Nomzod moddiy yordamga muhtoj boʻlishi kerak.
  4. Nomzod aʼlochi va jamiyatning faol aʼzosi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS 5.0 va undan baland).
  6. Grantlar oliygoh tomonidan taklif etilayotgan barcha kurslar (Certificate and Diploma courses) uchun beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Oliygohga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha boʻladi:

  • Oliygohga hujjatlar yiliga uch marta: yanvar, aprel va avgust oylarida qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun nomzod oʻzi tanlagan yoʻnalish sahifasiga kirib, Enquiry Formʼni toʻldirishi yoki admission@maic.edu.my manziliga murojaat qilishi mumkin.
  • Shundan soʻng nomzodga oʻzi tanlagan dasturga kirish uchun belgilangan talablar haqidagi xat (Letter of Offer) yuboriladi.
  • Nomzod xatni imzolab, talab etilgan hujjatlar bilan birga oliygohga joʻnatishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Eng oxirgi bosqich diplomi.
  3. Baholar.
  4. Til sertifikati (IELTS 5.0 va undan baland).
  5. Arizani koʻrib chiqish toʻlovi 100 RM (taxminan 23 AQSh dollari).
  6. Baʼzi yoʻnalishlar uchun qoʻshimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

Hujjat topshirish jarayoni (grantga)

Grant dasturiga hujjatlar har yili uch marta: 30-aprel, 31-iyul va 31-oktyabrgacha qabul qilinadi. Hozirda eng yaqin hujjat topshirish muhlati 31-iyul. Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, boshqa tildagi hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. saralashdan oʻtgan nomzodlar suhbatga chaqiriladilar.

Natijalar hujjat qabul qilish tugaganidan 1 oy oʻtib eʼlon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza. (ariza shakli yuklab olinadi va boshqa kerakli hujjatlar bilan birga Prospective Student Officeʼga pochta orqali joʻnatiladi).
  2. Passport hajmidagi rasm.
  3. Passport nusxasi.
  4. Nomzodning ota-onasi/homiysining passport nusxasi.
  5. Eng ohirgi bosqich attestati/diplomi va baholardan koʻchirma.
  6. Til sertifikati (IELTS 5.0 va undan baland).
  7. Ota-onasi/homiysining oxirgi 3 oylik daromadi haqidagi maʼlumotnoma.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +603-7965 2555

Fax: +603 7965 2688

Email: pso@mahsa.edu.my va admission@mahsa.edu.my

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!