×

WCO Scholarship: Bojxona sohasi vakillari uchun Yaponiyada magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati; oylik stipendiya – 1300 dollar!


Grant

MUHLAT

13.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1979 marta

Jahon bojxona tashkiloti va Yaponiyada joylashgan Aoyama Gakuin universiteti rivojlanayotgan mamlakatlardagi bojxona sohasida boshqaruv lavozimlarida faoliyat yurituvchilarga (menejerlarga) The Japan-WCO Human Resource Development (Yaponiya-Jahon Bojxona Tashkilotining Inson resurslarini rivojlantirish) magistrlik dasturida oʻqish uchun toʻliq grant taklif etmoqda. Dasturga Jahon bojxona tashkilotiga aʼzo boʻlgan, rivojlanayotgan davlatlarning fuqarolari topshirishi mumkin. Qabul qilinganlar Aoyama Gakuin universitetida magistrlik kursida ingliz tilida tahsil olishadi. Talabalar dastur yakunida Biznes boshqaruvi boʻyicha magistrlik diplomini qoʻlga kiritadi.

Grant kimlar uchun?

Bojxona sohasi vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi.

  • Turar joy, ovqatlanish, transport va boshqa xarajatlarni qoplashga yetarli oylik stipendiya ajratiladi. 2021-yl holatiga koʻra, oylik stipendiya miqdori – 147000 yen (taxminan 1335 AQSH dollari). Yaponiya hukumati qaroriga koʻra, stipendiya miqdori oʻzgarishi mumkin.
  • Oʻqishga topshirish va oʻqish toʻlovlari toʻliq qoplanadi.
  • Borish va kelish uchun aviachiptalar bilan taʼminlanadi.

Talabaning oila aʼzolari uchun alohida mablagʻlar ajratilmaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Jahon bojxona tashkilotiga aʼzo rivojlanayotgan davlat fuqarolari ushbu dasturga topshirishi mumkin (Oʻzbekistonliklar topshira oladi).
  • Nomzod o’z mamlakatida bojxona siyosati va ma’muriyati sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  • Intellektual mulk huquqlari chagara nazorati bo’yicha tajribaga ega bo’lgan va ushbu stipendiya dasturidan keyin o’z davlatidagi bojxona ma’muriyatining Intellektual mulk huquqlari bilan bog’liq bo’limida ishlashi kutilayotgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
  • Nomzodning sog’lig’i yaxshi bo’lishi kerak va 2022-yil 1-aprel holatiga koʻra, 40 yoshdan oshmagan bo’lgani maʼqul.
  • Ilgari Yaponiya-JBT tomonidan inson resurslarini rivojlantirish dasturi bo’yicha grant yutgan shaxslar ushbu grantga ariza topshira olmaydi.
  • Dastur tugagandan so’ng, nomzodlar o’z davlatidagi bojxona idoralarida kamida 3 yil ishlashni davom ettirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak: IELTS 6.0 (har bir boʻlimi kamida 6.0 boʻlishi kerak) yoki TOEFL iBT 79 yoxud TOEFL PBT 550 sertifikati talab etiladi; bakalavriatni toʻliq ingliz tilida oʻqiganlar til sertifikati oʻrnida universitetdan ingliz tilida oʻqigalik haqida maʼlumotnoma taqdim etishi mumkin.

Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar onlayn tarzda 2021-yilning 13-avgustiga qadar BU YERDA qabul qilinadi.

Qabul tartibi, jarayoni va kerakli hujjatlar roʻyxati bilan BU YERDA batafsil tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon va hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil tanishi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!